Metall temir-tersaklarini hosil bo‘lish manbalari va metall chiqindilarini ishlatish
Download 318.47 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.(a,b)-rasm. Metall temir-tersak va chiqindilari
Metall temir-tersaklarini hosil bo‘lish manbalari va metall chiqindilarini ishlatish Amartizatsion metall buyumlaridan, ishlab chiqarish chiqindilaridan va metallarga ishlov berishdan turli xil metallarni chiqindilari hosil bo‘ladi. Bu chiqindilarni qaytadan eritib, yangi metall buyumlar olish mumkin bo‘ladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, temir-tersak va chiqindilar ikkilamchi metallurgiya sanoatida asosiy xom ashyo hisoblanadi. Qora metall temir-tersak va chiqindilaridan hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan po‘latni asosiy qismi olinadi. (a) (b) 2.1.(a,b)-rasm. Metall temir-tersak va chiqindilari Metall chiqindilari resurslari deb, xalq xo‘jaligi va aholida ma’lum belgilangan davrdagi, hosil bo‘lgan temir-tersak va chiqindi shakldagi hamma metall miqdori tushuniladi. Qora metall temir-tersak, qora metaldan tayyorlangan ishlatilishga yaroqsiz buyumlar va buyumlarni ayrim qismlari, uskunalar, binolar, inshoatlar shakli bo‘ladi. Qora metall chiqindilari qora metall ishlab chiqarish va ishlov berish jarayonlarida hosil bo‘lgan metall chiqindilari, hamda biron buyumlar shaklida bo‘ladi. Qora metall temir-tersaklari va chiqindilarini hosil bo‘lishining asosiy manbalari (2.1.(a,b)-rasm) quyidagilardir: 1) qora metallarni ishlab chiqarilishi; 2) qora metallarni ishlatilishi (metallarga ishlov berish); 3) qora metaldan tayyorlangan buyumlarni muddatini o‘tab bo‘lishi, yaroqsiz holga kelishi (amartizatsion temir-tersaklar); 4) korxonalarning shlak chiqindilarini qayta ishlashi; 5) bu manbalarni har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qora metall ishlab chiqarish cho‘yan, po‘lat, prokat, cho‘yan va po‘lat quyishni o‘z ichiga oladi. Qora metall ishlab chiqarishda turli xil chiqindilar hosil bo‘ladi. 1 tonna cho‘yan ishlab chiqarishda 4-7 kg kuyindi, skrap, turli xil qoldiqlar shaklida metall kuyindilari hosil bo‘ladi. Skrap - bu domna, po‘lat eritish, quyush jarayonlarida pechdan metallarni chiqarish, tashish, po‘lat va cho‘yan quyish natijasida qotib qolgan tomchi, qatra, uchqunlarni chiqarish novlaridagi, quyush kovshlaridagi, avariya chorpoya (kozyol) laridagi metall qoldiqlari shaklidagi metall chiqindilardir. Download 318.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling