Texnika asbob-anjomlarini ishlab chiqarishda ham keramika materiallarining o'rni sezilarlidir. Ayniqsa, ularning olovbardosh materiallar nomi bilan ataluvchi turlari o'rnini boshqa materiallar egallay olmaydi. Olovbardosh materiallardan: toza kaolinli loydan olinadigan shamotli material, kremnezyom asosida olinadigan dinasli materiallar eng ko‘p tarqalgan, olovbardoshligi juda yuqori bo‘lgan materiallar uchun aluminiy oksidlari (korundli o ‘tga chidamli), magniy va sirkoniy oksidlari ishlatiladi. Rossiya oliy ta’lim tizimi tasnifiga ko‘ra ular quyidagicha oliy ta ’lim tizimida o‘qitiladi va mutaxassislikka ega bo'ladi 1.Qurilish keramikasi — g'isht, quvur va boshqalar ishlab chiqarish texnologiyasi. 2.Qurilish keramikasi — g'isht, quvur va boshqalar ishlab chiqarish texnologiyasi. 3. Nafis keramika buyumlari - sopol va chinni ishlab chiqarish texnologiyasi. 4.Funksional keramika - rezistor lyuminofor va boshqalar ishlabchiqarish texnologiyasi. 6.Issiqliq himoyalovchi buyumlar - issiqlik izolatsiya buyumlari va boshqalar ishlab chiqarish texnologiyasi Olovbardosh materiallar tasnifi kimyo-mineralogik tarkibiga ko'ra quyidagicha turlanadi: 1.Kremnezyomli buyumlar — dinasli olovbardosh buyumlar va kvars shishasi asosida olingan buyumlar. 2.Alumosilikatli buyumlar — yarim nordon g'isht, shamot g'ishti va yuqori glinozyomli buyumlar. 3.Magnezialli buyumlar — magnezialli o'tga chidamli buyumlar va magnezialli ohakli (dolomitli) buyumlar. 4.Magnezial-shpinelli buyumlar — magnezit—xromitli o'tga chidamli buyumlar, shpinelli buyumlar. 5.Magnezial—silikatli buyumlar-forsterit o'tga chidamli buyumlar va boshqalar. 6. Uglerodli buyumlar. 7. Karbid kremniyli buyumlar. 8. Sirkonli buyumlar — baddelentli va sirkonli olovbardosh buyumlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |