Metall va qotishmalarning tuzilishi, xossalari. Metallarning kristal tuzilishi, kristallarning elementlari. Kristallardagi nuqsonlar
Download 352.86 Kb.
|
kristall
bu erda L - zanjirning uzunligi, min=2d bo'lgani uchun, bu erda d - atomlar orasidagi masofa. Bir turdagi atomlardan tashkil topgan atom zanjirda sodir bo ‘lgan tebranishlarni normal tebranishlar deyiladi va ular kristall bo ‘ylab tovush tezligida tarqaladi . Turli massali ikki turdagi atomdan tashkil topgan atom zanjirning tebranishlarini ko‘rib chiqaylik a)- atom zanjirining muvozanat holati; b) va v) lar katta va kichik massali atomlarning qisqa to’lqinli normal tebranishlari; g) - uzun to’lqinli normal tebranishlar; e) - optik tebranishlar. Turli massali atomlardan tashkil topgan kristallarning elementar uyachasida 2 atom bo'ladi, shuning uchun ularda ham akustik, ya'ni atom zanjiri bo'yicha normal tebranishlar, ham uyacha ichida bir birlariga qarama-qarshi yo'nalishda turli massali atomlar, molekulalarning atomlari kabi tebranib, infraqizil to’qinlarni hosil qilishadi. Demak, bunday kristallar ichida ham akustik, ham optik sohadagi to’lqinlar hosil bo'ladi.Uch o'lchovli kristall panjara bo'lganda vektorning berilgan har bir qiymati va yo'nalishi uchun turlicha qutblangan uchta tebranishlar to’qri keladi: ikkita ko'ngdalang va bitta bo'ylama. Elementar uyachasida m atomi bo'lgan murakkab kristallarda uchta akustik tebranishlardan tashhari 3(m-1) optik soxadagi tebranishlar ham sodir bo'ladi. Kvant mexanikasi amalga oshirgan hisoblarga binoan kristallda sodir bo'ladigan 3N tebranishlarning har birining energiyasi kvantlangan va ruxsat etilgan energiyalarining qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi. Mazkur ifoda kvant ostsillyatorining energiyasiga teng. Demak, kristallning to'la energiyasini taqriban bir-biriga bog’liq bo'lmagan 3N kvant ostsillyatorlari energiyasining yig’indisiga teng va energiyaning minimal kvanti tartibida bo'ladi deb hisoblash mumkin. Bizga ma'lumki, yorug’lik kvantini foton deb ataladi. Xuddi shunga o'xshash kristalldagi tebranma harakat energiyasining kvantini fonon deb ataladi. Fonon energiyaga va impulsga ega. Fonnolar faqat kristall ichida paydo bo'ladi va ularning soni saqlanmaydi. Shuning uchun fononlarni kvazizarrachalar deyiladi. Download 352.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling