Metallar korroziyasiga qarshi kurashish usullari
Download 54 Kb.
|
1 2
Bog'liq7 Galvanik elementlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metallarning korroziyalanishi
- Ximoya qavatlar
METALLAR KORROZIYASIGA QARSHI KURASHISH USULLARI. REJA: Metallar «korroziyasi» Korroziya jarayonlari tasnifi va korrozion yemirilishning ko‘rinishlari «Metallar korroziyasidan himoya qilish» fani Xulosa Metallarning korroziyalanishi. Metallarning tevarak atrofdagi muxit bilan kimyoviy elektrokimyoviy ta’siri natijasida yemirilishi korroziya deyiladi. Metallarga quruq gazlar, masalan, kislorod, sulfat angidrid vodorod xlorid, vodorod sulfid va boshqa gazlar ta’sir etganda kimyoviy korroziyalanadi. Elektrokimyoviy korroziya metallarning nam xavo yoki elektrolit eritmasi bilan o‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladi va bunda shu joyning o‘zida elektr toki xosil bo‘ladi. Texnikada ishlatiladigan metallarga xamma vaqt boshqa metallar aralashgan bo‘ladi. Shuning uchun metallar elektrolit eritmasiga tekkanda uzluksiz ishlaydigan galvanik element xosil bo‘ladi, bunda aktivroq metall yemiriladi. Metall kuchlanishlar qatorida qanchalik chapda turgan bo‘lsa, ya’ni qanchalik aktiv bo‘lsa, u shunchalik oson korroziyalanadi, deb kutish kerak edi. Xaqiqatda esa xamma vaqt xam bunday bo‘lavermaydi. Masalan, qatorning boshroQida joylashgan aluminiy atmosfera ta’sirida bo‘ladigan korroziyaga birmuncha yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Buning sababi shuki, aluminiy sirtida aluminiy oksiddan iborat yupqa parda xosil bo‘lib, bu parda aluminiyni atrofdagi muxit ta’siridan ximoya qilib turadi. Bu parda biror usul bilan yo‘qotilsa, aluminiy juda tez korroziyalana boshlaydi. Metallar korroziyasi xalq xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Shuning uchun xam metallarni korroziyadan saqlash muxim axamiyatga egadir. Metallarni korroziyadan saqlashning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, shundan eng muximlarini ko‘rib chiqamiz. 1. Ximoya qavatlar. Metall sirtiga uni korroziyadan saqlash uchun lak, kraska, emallar, plastmassalar va boshqalar qoplanadi. Ko‘pincha, metallar korroziyaga ancha chidamli boshqa metallar bilan xam qoplanishi mumkin. Agar qoplama yemirilsa, ya’ni metall sirtining bir qismi ochilib qolsa, ximoya qilinuvchi metall agressiv muxitga tushib, galvanik element xosil bo‘ladi va metall korroziyalana boshlaydi. Agar qoplama metali ximoya qilinuvchi metaldan aktivroq, masalan, temir ustiga rux qoplangan bo‘lsa, qoplangan metall (rux) anod bo‘ladi va bunday qoplama anod qoplama deyiladi. Ximoya qilinayotgan metall (temir) katod bo‘ladi va u qoplangan ruxning xammasi sarflanib bo‘lmaguncha buzilmaydi. Ximoya qiluvchi metalga qaraganda aktivligi kamroq bo‘lgan metallar katod qoplama xosil qiladi. Bordi-yu katod qoplama buzilsa ximoya qilinuvchi metall juda tez korroziyalanadi. 2. Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling