“metallar retsiklingi” fanidan
Download 63.62 Kb.
|
Retsikling mustaqil ish metodichka
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
- II. Mustaqil ta’limning asosiy vazifalari
Kirish«Metallar retsiklingi» talabalarni metallurgiyada ikkilamchi xom ashyodan kompleks foydalanish texnologiyasini, ishlatiladigan dastgohlarini, jarayonlarning texnologik ko’rsatgichlarini va metallurgiyada ikkilamchi xom ashyodan kompleks foydalanishda ishlatiladigan dastgohlarining texnik xususiyatlarini, mahsulot olish yo’llarini o’rgatishdir. Ikkilamchi metallurgiyadan kompleks foydalanish, chiqindisiz yangi texnologiyalar yaratish, atrof muhitni muhofaza qilish muammolarini chuqur o’rgatilib, ularga amaliyotda keng qo’llashni o’rgatishdir.I. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllariFan bo‘yicha mustaqil ta’lim fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, referat, uy vazifasi, taqdimot materiallari tayyorlash va shu kabi boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil ta’limni turlariga quyidagilar kiradi: - ayrim mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; - berilgan mavzu bo‘yicha referat tayyorlash; - amaliy mashg‘ulotlar va seminarlarga tayyorgarlik ko‘rish; - labaratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish; - nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash; - mavzu yoki ma’lum bir bob bo‘yicha taxliliy ma’lumotlar asosida xulosalar qilish va ilmiy maqola tayyorlash; - anjumanlarda ma’ruzalar bilan qatnashish; - fan bo‘yicha uyga berilgan topshiriqlarni bajarish; - mavzular bo‘yicha slaydlar, taqdimot materiallari tayyorlash. Fan bo‘yicha ishchi o‘quv dasturida talabalar mustaqil ishining mazmuni, mohiyati, shakli va xajmi xamda manbalari ko‘rsatiladi. Talaba mustaqil ishi uchun o‘quv rejada ajratilgan vaqtga mos ravishda fan bo‘yicha kafedrada mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriq variantlari ishlab chiqilgan va fakultet o‘quv-uslubiy kengashida tasdiqlangan. Mustaqil ishni bajarish uchun fan bo‘yicha talabalarga ko‘rsatma va tavsiyalar tarqatma material sifatida birinchi mashg‘ulotda yetkaziladi. II. Mustaqil ta’limning asosiy vazifalariMustaqil ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat: Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish; Ijodiy faoliyatga qiziqishni shakllantirish; Ta’lim olish usullarini egallash; Tushunish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; Mustaqil xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish. Download 63.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling