Metallar rudalarini qazib olish, boyitish, rangli metallar va ularning qotishmalarini


Download 63.26 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi63.26 Kb.
#1409373
1   2   3   4
Bog'liq
Rangli metallurgiya

Olmaliq KMK 
Mazkur kombinat 1949-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali 98,8 foizi O‘zbekiston hukumatiga tegishli hisoblanadi. 
Budjet daromadlarining 9 foizi Olmaliq KMK hissasiga to‘g‘ri keladi, bu esa kombinatni mamlakatdagi ikkinchi eng yirik sanoat korxonasiga aylantiradi. 
100 dan ziyod turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan kombinatda 35 ming kishi mehnat qiladi. Kombinatda 3 ta ochiq karer va 4 ta yer osti konlari, shuningdek, 5 ta qayta ishlash korxonasi va 2 ta metallurgiya majmuasi faoliyat olib boradi.
Sulfidli, tarkibida oltin bo‘lgan va polimetall rudalarni qazib olish va boyitish, tozalangan mis, metall rux, qimmatbaho va nodir metallar, shuningdek, ular asosida ikkilamchi mahsulotlar va qotishmalar ishlab chiqarish Olmaliq KMKning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kombinat mamlakatda birlamchi mis yetkazib beruvchi yagona ishlab chiqaruvchidir.
2021-yilda Olmaliq KMKning katodli mis ishlab chiqarish quvvati 148 ming tonna, oltin — 17 tonna va kumush — 196 tonnani tashkil etib, kompaniya daromadi esa 2,9 mlrd dollarga teng bo‘ldi. 
2022 yilda eksport hajmi 942,1 mln dollarni tashkil qildi.

Navoiy KMK 


1958-yilda tashkil etilgan ushbu kombinat Moliya vazirligi orqali 100 foiz O‘zbekiston hukumatiga tegishli. 
Mamlakat budjeti daromadlarining 18 foizi Navoiy KMK hissasiga to‘g‘ri keladi, bu esa kombinatni mamlakatdagi eng yirik sanoat korxonasiga aylantiradi, unda 58 ming kishi faoliyat olib boradi. 
Korxonaning asosiy faoliyati oltin qazib olish va qayta ishlash bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi yiliga qariyb 80 tonna oltinni tashkil etadi. 
Maydoniga ko‘ra dunyoda eng yirik hisoblangan Muruntov koni Navoiy KMKning asosiy resurs bazasi sanaladi.
2022-yilning birinchi yarim yilligida Navoiy KMKning umumiy oltin savdosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sib, 1,4 mln unsiyani tashkil etdi va shu orqali 2,6 mlrd dollar foyda keltirdi. 
Oltindan olingan yillik daromad 11 foizga oshgan, bunda 4 foizi oltinning sotish narxi o‘sganiga, qolgan 7 foizi esa oltin savdosi hajmining ko‘payganiga bog‘liq bo‘ldi.


Download 63.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling