Metallar rudalarini qazib olish, boyitish, rangli metallar va ularning qotishmalarini
Download 63.26 Kb.
|
Rangli metallurgiya
10-ilova
«Olmaliq KMK». Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati mamlakat rangli metallurgiya sanoatining majmuasi va ko`rki. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O’zbekiston Respublikasidagi eng yirik kon-metallurgiya korxonalaridan biridir. Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati murakkab sanoat kompleksi bo’lib, ochiq va yer osti usullari bilan rudalarni qazib olish konlari, boyitish fabrikalari, metallurgiya zavodlari mvjud. Kombinat rudalardan 13 xil kimyo elementlarini ajratib olib, turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqaradi: mis, rux, kadmiy, indiy, oltin, kumush, sulfat kislotasi, misli, qo’rg’oshinli, ruxli va molibdenli konsentratlar, selen, tellur, mis va rux kuporosi va boshqalar. Tarmoqning yetakchi korxonasi va tugal metallurgiya sikliga ega bo`lgan mazkur kombinat mis majmuasi Qalmoqqir mis koni (1954),ruda boyitish fabrikasi (1957), metallurgiya zavodi(1962)dan iborat. Respublikamizda yilliga 83-85 ming tonnadan ortiq mis ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar O’zbekiston Respublikasi va chet el bozorlarida sotilmoqda, buning ustiga mahsulotning 70 foiziga yaqini erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilinadi. Qalmoqqir mis koni Navoiy kon metallurgiya kombinati Mamlakat oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik markazi “Qizilqumkamyobmetalloltin” konsernining bosh korxonasi – Navoiy kon metallurgiya kombinatidir. Mazkur kombinat mamlakat oltin sanoatining durdonasi hisoblanadi. U dastlab 1958-yilda Muruntov va Qizilqumning boshqa sochma oltin konlarini ishga tushurish maqsadida qurilgan. Uning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida joylashgan. Mazkur shaharlarda yangi quvvatlarni ishga tushurish va shu orqali oltin qazib olish sanoatining quvvatinioshirib borish yil sayin jadallashmoqda. Navoiy, Olmaliq tog`-metallurgiya kombinatlari, O`zbekiston o`tga chidamli va qayta eriydigan metallar kombinati, O`zmetkombinat korxonalarini qayta qurish ishlari davom ettirilmoqda. Birgina Olmaliq tog`-metallurgiya kombinatining arajatlari 200 mln AQSh dollari miqdoriga teng bo`lgan qa ta “Yashil iqtisodiyot”ga, ekologik toza energiya manbalari va mahsulotlarga o‘tish davrida rangli metallar, jumladan, mis va undan tayyorlangan mahsulotlarga bo‘lgan talab jadal o‘sib bormoqda. O‘zbekiston rangli metallarning katta zaxirasiga ega bo‘lgani uchun o‘z qiyosiy ustunliklaridan foydalanishga intiladi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda rangli metallarni qazib olish, qayta ishlash va ulardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Rangli metallurgiya tarmog‘iga iqtisodiyotning muhim drayveri sifatida qaraladi. O‘zbekistonda rangli metallarning katta zaxirasi mavjud. Oltinning tasdiqlangan zaxiralari 6,4 ming tonna, kumush — 24,6 ming tonna, mis — 21,3 mln tonnani tashkil etadi. Rangli metallarning katta zaxirasi ularni qazib olish, qayta ishlash va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksportini o‘stirishga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bois ushbu sektorda islohotlarni amalga oshirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. So‘nggi 6 yilda ishlov berish sanoatida metallurgiya sanoatining jismoniy hajmi ulushi 11 foizdan 24 foizga oshgani alohida e’tiborga molik. 2022-yilning 11 oyi davomida ishlab chiqarish hajmi 97,8 trln so‘mni tashkil etdi, bu 2016-yilga nisbatan 10 baravar ko‘pdir. 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida rangli metallar ishlab chiqarish hajmi ham o‘sdi. Jumladan, yirik korxonalarda mis va undan mahsulotlar ishlab chiqarish 2021-yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga oshib, 184 ming tonnani, rux va undan tayyorlangan mahsulotlar hajmi 1,3 foizga o‘sib, 83,6 ming tonnani, qo‘rg‘oshin va undan tayyorlangan mahsulotlar esa 20 foizga kamayib, 8,1 ming tonnani tashkil etdi. Rangli metallar eksporti iqtisodiyotni salmoqli valyuta tushumlari bilan ta’minlaydi. Umuman olganda, 2022-yilning 10 oyi davomida mis eksporti 0,4 foizga oshib, 954 mln dollar, rux yetkazib berish 30 foizga ko‘payib, 213 mln dollar, qo‘rg‘oshin eksporti 39 foizga kamayib, 6,5 mln dollar, xorijga alyuminiy sotuvlari 10 foizga ortib, 48,6 mln dollarga teng bo‘ldi. Shuningdek, 2022-yilning 11 oyi davomida oltin eksporti 14,2 foizga kamayib, 3,6 mlrd dollarni tashkil etdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni (TTXI) jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, 2021-yilda tog‘-kon sanoatida TTXI hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 1,3 mlrd dollarga, 2023-yilda esa 1,5 mlrd dollarga teng bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekistonda investitsiyalarning eng katta qismi rangli metallurgiya flagmanlari korxonalari — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (Olmaliq KMK) (64 foiz) va Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy KMK) (28,5 foiz) ulushiga to‘g‘ri keladi. Download 63.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling