Metallar va qotishmalarning korrozion tavsiflari


Xom ashyo xolidagi neftni deminerallash


Download 295.5 Kb.
bet2/3
Sana13.05.2023
Hajmi295.5 Kb.
#1457532
1   2   3
Bog'liq
15-амалий

Xom ashyo xolidagi neftni deminerallash.

Neftni deminerallash - uning korrozion aktivligini kamaytirishning asosiy usullaridan biri bulib, xom ashyo xolidagi neft tarkibidagi minearal tuzlarni maksimal darajada ajratib olishdir.
Neft tarkibida mineral tuzlar ikki:

  • uglevodorodlar bilan aralashgan kristallar;

  • neft tarkibidagi suvda erigan tuzlarning emulsiyasi kurinishlarida buladi.

Neft tarkibidagi mineral tuzlar erigan suv tomchisi (emulsiyasi) ulchami 1/10 mikron bulib, u emulsiya zarrachasi kuyidagi kurinishda buladi va emulgator zarrachalari yordamida barkarorlashgandir:
Neft tarkibidagi emulgatorlar katoriga:
- neftenatlar;
- asfalten yoki oleatlar
(organik kislota tuzlari);
- temir sulfidi kiradi.

44-rasm.Suv tomchisi emulsiyasi.

Emulsiya yadrosini urab turuvchi katlam murakkab, kup kavatli tuzilishiga ega ekanligi sababli tomchilarni uzaro bir-biriga kushilib ketishi (dekantatsiyasi)ga karshilik kiladi. Emulsiyaning “yoshi” kanchalik katta bulsa, uning buzilishi shunchalik kiyin va barkarorligi yukori buladi.
Deminerallash jarayoni maksadi - neft xom ashyosi tarkibidagi barcha mineral tuzlarni “evakuatsiya” kilishdir. Bu jarayon demineralizatorda amalga oshirilib, kuyidagi uzaro ketma-ket boruvchi boskichlardan iborat:


  • “neft - suv” yupka katlami orkali mineral tuzlarni “deminerallash suvi”ga utkazish;

  • elektr maydoni ta’sirida tuzga tuyingan suv tomchilarini elektrokoalessensiya yuli bilan yiriklashtirish;

  • gravitatsiya kuchlari ta’sirida neft xom ashyosi tarkibidagi suvni ajratish.

Demineralizatorning umumiy kurinishi 45 -rasmda keltirilgan. Uning ishlash prinsipi:
a) Neft tarkibidagi tuzlarni suvda diffuziyalanishini ta’minlash. Buning uchun kaynok suv bir necha joydan neft tarkibiga purkaladi va emulsiyalangan “neft - suv” aralashmasi demineralizatorga yuboriladi. Suvning umumiy mikdori 3 - 6%ni tashkil etib, aralashtirgich yordamida aralashtirilib turiladi.
b) Suv tomchilarini elektrokoalessensiyalash. Suvning neftdagi emulsiyasi uzluksiz neft fazasida suv tomchilarining tarkalishidan xosil bulgan 1/9 mikron ulchamdagi zarrachalardan iborat. Bu zarrachalarni neft tarkibidan ajratish (separatsiyalash) uchun gravitatsion ta’sir tufayli yiriklashtirilib, suvni katlam xoliga utkaziladi (dekantatsiyalanadi).
Suv tomchilarining uzaro birikib yiriklashuvi - koalessensiya xodisasi deyiladi.
Bunga kuyidagi omillar tuskinlik kilishi mumkin:
- juda yukori tezlikda neft va suvni aralashtirish natijasida barkaror emulsiya xosil bulishi;
- suv tomchilarining uzaro kushilishini kiyinlashtiruvchi moddalar (naftenatlar va temir sulfid)ni tomchilar atrofida yigilib kolishi;
- aksariyat xollarda yukoridagi omillar ta’sirini kamaytirish suv va tuzni ajratib olish uchun elektrokoalessensiya usulidan foydalaniladi.
Elektrokoalessensiyasining asosiy vazifasi suv molekulalari kutbliligidan foydalanib, ularni birlashtirishdan iborat. Suv molekulalarida kislorod atomi ( b - ) zaryadga vodorod atomlari (b + ) zaryadlanib kutbli tuzilishga ega. Suvda Na+, Mg+2, Ca+2, Cl- ionlari erishi tufayli uning kutbliligi yanada ortadi va tashki elektr maydoni ta’sirida “dipol - dipol” uzaro ta’sir sababli tomchilarning uzaro kushilishi tezlashadi:

46-rasm.Tomchilarning kushilishi:


- suv tomchilarning uzgaruvchan tok ta’sirida batartib joylashuvi va xarakati;
- suv tomchilarining uzaro tortishuvi
tufayli osonlashadi va yuz beradi.
Neft tarkibida suvning protsent mikdorining yukoriligi va elektr maydoni kuchining kattaligi deminerallashgan suv mikdorini oshiradi.
v) Neftdagi suv emulsiyasining buzilishi. Emulsiya xolida neft ichida tarkalgan suv tomchilari turli kuchlar ta’sirida kushiladi va solishtirma ogirligi moysimon katlamnikidan katta bulgani (r = 2 g/sm3) uchun deminerilyazator tubida yigiladi. Bu jarayon ma’lum vakt oraligida ruy beradi. Bu oralik:
- suv tomchilari diametri kattalashuvi;
- suv va neft fazalari zichliklari urtasidagi farkning ortishi;
- neftning kovushkokligi kamayishi bilan kamayadi.
Deminerilyazator kovushkokligi 2 - 5 mm2 / santistoks bulgan aralashmaning 20 - 30 minut davomida ajratishga rejalashtirilgan.
Deminerallangan neft idishning yukori kismida gorizontal xolda joylashgan trubalarda yigiladi.
Suv idish tubidagi moslamalar orkali chikarib yuboriladi. Demineralizatorning asosiy ishchi parametrlari katoriga:

  • temperatura;

  • yuvuvchi suvning % mikdori;

  • suvni purkash nuktasi;

  • aralashtirgich klapanida kuch (bosim)ning kamayashi;

  • deminerallash suvining manbai;

  • neft va suv sirt chegarasi satxi;

  • deemulgatorning etkazib berilishi kiradi.

Deminerallangan neft tarkibida 2 - 7% gacha suv kolib ketadi, lekin suv tarkibidagi tuzning mikdori ancha kamayadi. Deminerilizatorning ish unumi 95% ni tashkil etadi.
Lekin, koldik suv tarkibidagi tuz gidrolizlanib HCL ni xosil kiladi. Bu modda ta’sirida xaydash kolonnasining “boshak”i korroziyalana boshlaydi. SHu sababli deminerilaziyalangan neft kayta (kushimcha) neytrallanadi.

Download 295.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling