Metallarda korroziyaning hosil bo’lish sabablari va ularga


Download 209.71 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi209.71 Kb.
#1155400
1   2   3
Bog'liq
metallarda-korroziyaning-hosil-bo-lish-sabablari-va-ularga-qarshi-kurashish

Korroziya jarayonlarining mexanizmiga ko’ra:

Kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya turlariga bo'linadi.

  1. Kimyoviy korroziya bu - metallarning turli agressiv gazlar va noelektrolit suyuqliklar ta'siridagi yemirilish hodisasidir. Korroziyaning bu turi to'g'ridan - to'g'ri korrozion muhit bilan metall o'rtasida oksidlanish - qaytarilish reaktsiyalari tufayli sodir bo'ladi. M: Cl2, F2, Br2, O2 va H2O lar ta'sirida metallarning yemirilishi.

  2. Elektrokimyoviy korroziya bu - metall va elektrolit xossasiga ega bo'lgan, korrozion muhit ta'sirida kichik galvanik elementlar hosil bo'lishi bilan bir necha bosqichda ro'y beradigan yemirilish jarayonlaridir. Bu korroziya asosan elektrolitlarning eritmasi bilan metall o'rtasida sodir bo'ladi.

  1. Korroziyaga sabab bo'luvchi agressiv korrozion muhit turiga ko'ra:

    1. Gaz korroziyasi - yuqori haroratda gazsimon moddalar ta'sirida metallarning yemirilishi.

    2. Noelektrolitlar ta'siridagi korroziya - noelektrolit suyuqliklar ta'sirida korroziyalanish.

    3. Atmosfera korroziyasi - havo atmosferasidagi gazlar va namlik ta'siridagi yemirilish.

    4. Elektrolitlar ta'siridagi korroziya - elektrolit suyuqliklar ta'sirida korroziyalanish.

    5. Biokorroziya - turli mikroorganizmlar ta'sirida metallarning yemrilish hodisasi.

    6. Yer osti korroziyasi-yer ostida nam tuproq ta'sirida metallarning korroziyalanishi.

    7. Daydi toklar ta'sirida korroziyalanish - metallarning (relslar, kabellar va hokazolar) yuqori kuchlanishli tok manbalaridan "chiqqan" toklar ta'sirida elektrokimyoviy yemirilish hodisasi.

  2. Metallarning yemirilish sharoitlariga ko'ra:

  1. Kontakt korroziyalanish - elektrolit muhitida o'zaro tegishib turgan ikki yoki undan ortiq metallar ishtirokida ro'y beradigan elektrokimyoviy yemirilish.

  2. Yoriq (tirqish)li korroziyalanish - metall va nometall materiallarning orasidagi bo'shliqlarda yuzaga keladigan yemirilish jarayonlari.

  3. Suyuqlikka qisman botib turgan metallar korroziyasi.

  4. Suyuqlikka to’liq botib turgan metallar korroziyasi.

  5. Ishqalanish ta'siridagi korroziya - mashina va mexanizmlarda ishqalanish ta'sirida ro'y beruvchi kimyoviy va elektrokimyoviy yemirilish jarayonlari.

  6. Doimiy yoki o'zgaruvchan mexanik kuch ta'sirida korroziyalanish (metallarning toliqish korroziyasi) - turli mexanik kuchlar ta'sirida metallarning yemirilishi tufayli sodir bo'luvchi yorilish (sinish) hodisalari.

  1. Metall sirtida kuzatiladigan o'zgarish (buzilish)lar turiga ko'ra:

Yaxlit (to'liq) va mahalliy korroziyalanish (1-rasm);
Yaxlit korroziya o'z navbatida quyidagi turlarga bo'linadi:

  1. Tekis (1a-rasm) korroziya. Metallning sirti korrozion muhit ta'sirida bir xil yemirilgan holat.

  2. Notekis (1b-rasm) korroziya. Metall sirti turli darajada yemiriladi.

  3. Tanlab korroziyalanish (1v-rasm). Bu yemirilish qotishmalarda kuzatilib, uning turli tarkibiy qismi turlicha korroziyalanadi (yoki korroziyalanmaydi).

Mahalliy korroziya quyidagi ko'rinishlarda sodir bo'ladi:

  1. "Dog'lar" ko'rinishdagi yemirilishilar (1g-rasm).

  2. "Yallig'lanish" ko'rinishdagi korroziya (1d-rasm).

  3. "Nuqtali" (pitting) korroziyalanish. 0,1-2 mm o'lchamdagi aylanasimon nuqtalar ko'rinishda chuqurchalar holidagi yemirilish (1e-rasm).

  4. Teshib o'tilgan korroziyalanish.

  5. Kristallararo korroziyalanish (1j-rasm). Qotishmalardagi kichik kristall donalari chegaralarida ro'y beradigan yemirilish jarayonlari.

  6. "Sirt osti" korroziyalanish (1z-rasm). Metallning sirtida boshlanib, keyinchalik metall sirti ostida kengayib ketadigan yemirilish.

  7. "Pichoq izli" (kesimli) korroziyalanish (1i-rasm). Payvandlangan metallar sirtida (chegarasida) sodir bo'ladigan yemirilish jarayoni.

Korroziya, nometall materiallar, kristall panjara, polimer, stimulyator, ingibitor, kimyoviy korroziya, elektrokimyoviy korroziya, gaz korroziyasi, elektrolit.
Yuqoridagilarga qo'shimcha sifatida yana quyidagilarni keltirish mumkin:

  1. "Vodorodli yorilish" (vodorod ta'sirida mo'rtlashuv) - metallga vodorod gazining singishi sababli metallarning yemirilishi.

  2. Errozion korrozion yemirilish - metall sirtining qirilishi, yedirilishi tufayli sodir bo'ladigan yemirilish.

  3. Kavitatsiya (gidroerrozion) korroziyasi - metall sirtida harakatlanayotgan suyuqlikning gidravlik bosimi yoki zarbi va agressiv muhit ta'sirida yuzaga keladigan yemirilish jarayonlari.


1- rasm. Metall sirtida kuzatiladigan korroziya turlari.
Ko'rinib turibdiki, korroziyalanish turlari xilma-xil bo'lib, ularning barchasi xalq xo'jaligi uchun katta zarar keltirilishi bilan umumiylik xossasiga ega. Korroziyadan keladigan zarar bevosita va bilvosita bo'lishi mumkin.
Jihoz, asbob uskunalarning korroziya tufayli ishdan chiqishi, konstruktsiyalarning buzilishi, quvurlarning yorilishi, buzilgan jihozlarning yangisiga almashtirilishi, korroziyaga chidamli materiallarni yaratish, korroziyadan himoyalash bilan bog'liq bo'lgan barcha mehnat va mablag' sarf xarajatlari bevosita zararlarni tashkil etadi.
Bilvosita zararlarni quyidagilar tashkil etadi:

  • ayrim korroziyalangan detallar, uskunalar, jihozlar almashtirilganda ishlab chiqarishning to'xtashi;

  • korroziyalangan quvur, jihoz, idishlardan gaz va neft maxsulotining tashqi muhitga chiqishi, to'kilishi bilan atrof muhtning ifloslanishi.

  • issiqlik almashtirgichlarda kerakli haroratning yetishmasligi, isssiqlikning yo'qotilishi.

  • korroziya maxsulotlari bilan ishlab chiqarilgan maxsulotlarning (benzin, kerosin va b.q.) ifloslanishi kabilardir.

Bularning oqibatida har yili ishlab chiqariladigan metall va qotishmalarning 25- 35% korroziya sababli yo'qotiladi. Uning taxminan 10% umuman qayta tiklanmaydi.
Har yillik zarar yuqori rivojlangan mamlakatlarda quyidagini tashkil etadi: AQSHda 70 mlrd. dollar, Germaniyada 30-35 mlrd. markani, Rossiyada 140-150 mlrd. rubl.
Ko'rinib turibdiki har qanday korroziyalanish zararli bo'lib, unga qarshi kurashish azaldan fan va texnikaning asosiy vazifalaridan biri bo'lgan va ayni kunda shunday bo'lib qolmoqda.
Korroziyaga qarshi kurashish uchun:

  • uning kelib chiqish sabablarini;

  • mexanizmini;

  • tezligi va unga ta'sir etuvchi omillarni;

  • tashqi muhitning tarkibi va tabiatini;

  • ingibitorlar, ularning tarkibi, xossalari kabi tushuncha va kattaliklar bilan yaqindan tanishish bilan birgalikda korroziya jarayoni ro'y berishida amal qiladigan asosiy qonuniyatlarni ham bilish zarur.




Download 209.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling