Metallarda korroziyaning hosil bo’lish sabablari va ularga


Download 209.71 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi209.71 Kb.
#1155400
  1   2   3
Bog'liq
metallarda-korroziyaning-hosil-bo-lish-sabablari-va-ularga-qarshi-kurashish



"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842

May 2022 / Volume 3 Issue 5


Metallarda korroziyaning hosil bo’lish sabablari va ularga qarshi kurashish


Аbdurахim Аbdurаsulоvich Оchilоv


ochilov82@mail.ru Firuza Solexovna Qurbonova
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


Annotasiya: Korroziya - metall materiallar va atrof muhit oʼrtasida metallarning yemirilishiga olib keladigan elektrokimyoviy jarayon boʼlib, atrof-muhitning ifloslanishiga, iqtisodiy yoʼqotishlarga olib keladi va ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini shubha ostiga qoʼyadi. Korroziya, shuningdek materialning tashqi koʼrinishini, sifatini, mexanik xususiyatlarini va chidamliligini salbiy tomonga oʼzgartirib, jiddiy muammolarga olib keladi.
Kalit so’zlar: korroziya, nometall materiallar, kristall panjara, polimer, stimulyator, ingibitor, kimyoviy korroziya, elektrokimyoviy korroziya, gaz korroziyasi, elektrolit.


Causes of corrosion in metals and their control


Abduraxim Abdurasulovich Ochilov


ochilov82@mail.ru Firuza Solexovna Qurbonova
Bukhara Institute of Engineering and Technology


Abstract: Corrosion is an electrochemical process that leads to the absorption of metals between metallic materials and the environment, which leads to environmental pollution, economic losses, and the safety of the production process is questionable. Corrosion also causes serious problems, changing the appearance, quality, mechanical properties and durability of the material in a negative way.
Keywords: Corrosion, nonmetallic materials, crystal lattice, polymer, stimulator, ingibitor, chemical corrosion, electrochemical corrosion, gas corrosion, electrolyte.

Qadimdan kishilar metallar va ularning qotishmalari asosida yasalgan buyum, jihoz, uskunalardan foydalanganliklari bilan birgalikda, ularda bu metall buyumlarining tabiiy muhit ta'sirida yemirilishi muammosi paydo bo'lgan. Bu



muammo - metallar korroziyasi bo'lib, hozirgi kunda ham dolzarbligini yoqotgani yo'q.
Metallarning tashqi muhit ta'sirida o'z - o'zidan yemirilish hodisasiga - metallarning korroziyalanishi hisoblanadi.
Shuni unutmaslik lozimki, korroziyalanish faqat metallar uchungina xos bo'lmasdan, nometall materiallar (beton, yog'och, plastmassalar, shisha, sopol, keramika, sirli (glazur) buyumlar ham tabiiy agressiv muhit ta'sirda yemiriladi. Shu sababli korroziya hodisasiga keng ma'noda qarash va uning mohiyatini har bir holat uchun to'g'ri tushunib yechish kerak.
Neft va gazni qazib olishda, uni naqliyo qilish va saqlashda, qayta ishlash jarayonlarida va kundalik turmushimizda metall buyumlaridan keng foydalanilgani bois, mazkur kursda asosan metallar korroziyasining kelib chiqish sabablari, oqibatlari va ularga qarshi kurashish usullari bilan tanishamiz. Zamonaviy texnologiyada va ishlab chiqarish jarayonlarida turli nometall materiallardan yasalgan jihozlardan keng foydalanilayotgani sababli kursning oxirida nometall materiallar korroziyasi bilan ham qisman tanishamiz.
Korroziya jarayonlarini turlarga ajratishdan avval bu jarayonlarni keltirib chiqaruvchi sabab va omillar bilan tanishish lozim.
Korroziya mexanizmi va tezligiga ta'sir etuvchi omillar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
Jadval-1 Metallarni korroziyalanishiga olib keluvchi va unga ta'sir etuvchi asosiy omillar

Ta'sir etuvchi
omillar guruxi

Ta'sir etuvchi omillar

Metallning fizik- kimyoviy xususiyatlari va ichki tuzilishi.

Metallning termodinamik barqarorligi; Metallning davriy sistemada joylashgan o'rni; Metall qotishmasidagi komponentlarning miqdoriy nisbatlari;
Metallning kristall panjarasi tuzilishi;
Metall sirtining bir jinsliligi (silliq yoki notekisligi); Metallda ichki (mexanik) kuchlanishlar turi va miqdori;

Metall konstruktsiya (detallar-ning konstruksion tuzilishi).

Turli metallarning o'zaro kontakti;
Metallning polimer, yog'och, nometall material bilan o'zaro kontakti; Metallning boshqa konstruktsiya elementlari bilan birikish xarakteri; Kesim yuzalarining birikkanligi, detallar, jihozlar shakllarining silliqligi va boshqalar;
Detallar, jihozlarning o'zaro joylashuvi va qanday yig'ilganligi; Kuchlarning yig'ilganligi ( tarqoqligi );
Sirt qoplamalarni qayta tiklash mumkinligi; Qo'shimcha himoyalashning imkoniyatlari;

Texnologik omillar

Metall va qotishmalarning kimyoviy tarkibi, tozalik darajasi;
Yarim maxsulotlarning texnologik o’ziga xos xususiyatlari;







Qayta ishlashning texnologik o'ziga xos xususiyatlari;
Metallarga qo’shimcha ishlov berishning o'ziga xos xususiyatlari; Detallar, birikmalarining texnologik xususiyatlari.

Metall jixozlardan foydala-nish (ekspluatasion) omillar bilan boğliqligi

Foydalanish (ekspluatatsion) muddatning davomiyligi; Harorat va uning o'zgarishi;
Suvli muhit tarkibi, qatlamning qalinligi va uning bir tekisliligi; Eritmaning muhiti (pH);
Atrof - muhit ifloslanishining darajasi va xususiyati; Korroziya stimulyatorlari (ingibitorlari)ning miqdori, turlari; Muhitning bosimi, uning o'zgarishi;
Quyosh nuri yoki radiasiyaning ta'siri;
Muhitning harakatchanligi.

Korroziya jarayoni turli muhitda va sharoitda ro'y berishi sababli ularni yagona usul bilan turlarga ajratib bo'lmaydi. Korroziya quyidagi turlarga ajratiladi:


  1. Download 209.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling