Gira yonida to`g`ri ish holatida turish. - Gira oldida uningo`qiga nisbatan 45° burchak hosil qilgan holda yarim burilib, tik va turg`un turiladi, bunda o`ng yelka gira qarshisida bo`lishi kerak. Oyoklar panjasi bir-biriga nisbatan 60 — 70" burchak hosil qilib qo`yiladi.Tovonlar orasi 200—300 mm. Tavsiyalarga binoan, gira bo`yga moye balandlikda o`rnatiladi; o`ng qo`l bilan bosish zaiflashib, chap qo`l bilan bosish kuchayib ketganida, oldinga tomon qiya egovlash sodir bo`lishi mumkin va aksincha holatda orqaga tomon qiya egovlash yuz beradi.
Egovni o`ng qo`lga olish - Dasta uchi kaft o`rtasiga tiralib turishi lozim.To`rt barmoq bilan dastaning pastidan ushlanadi, katta barmoqdasta ustidan, uning o`qi bo`ylab qo`yiladi. Bosh barmoq ham dasta o `qib o `ylab qo `yilib , qolgan barmoqlar bilan dasta qisib ushlanadi va kaftga bosiladi.
Egovni moslama ustiga qo`yish. - Egov moslamaga o`rta qismi bilan qo`yiladi.Chap qo`lning uchidan 20—30 mm masofada uning ustiga ko`ndalang qilib qo`yilib, barmoqlar bir oz bukiladi, lekin osiltirilmaydi; chapqo`l tirsagi xiyol ko`tariladi.Egov ravon, minutiga 40 —60 marta harakat qilib, qat`iy gorizontal holatda ikkala qo`l bilan oldinga (ish yurishi) va orqaga (salt yurishi) shunday yurgizilsinki, u ishlov berilayotgan xomaki mahsulotga butun yuzasi bilan tegib tursin; salt yurishi paytida egovni undan uzmaslik kerak
Egovlashdagi ish harakatlari va egovni muvozanatga keltirish 1.Egov ikkala qo`l bilan qat`iy gorizontal yo`nalishda oldinga (ish yurishi) va orqaga (salt yurishi) shunday ravon xarakat qildirilishi kerakki, u butun yuzasi bilan ikkala plastinaga (yoki shveller qirralari-ga) tegib tursin. Egovga chap va o`ng qo`l bilan bosish kuchi taqsimlani shiga qat`iy rioya qilgan holda(muvozanatni saqlab), unga faqat oldinga borishida bosiladi, chunonchi: ish yurishi boshida egovga asosan chapqo`l bilan bosilib, o`ng qo`l bilan ugorizontal holatda ushlab turiladi ish yurishi o`rtasida egovga ikki qo`lda bir xil kuch bilan bosiladi ; ish yurishi oxirida esa unga asosan o`ng qul bilan bosilib, chap qo`lda egov gorizontal holatda ushlab turiladi - Egovlashdagi ish harakatlari va egovni muvozanatga keltirish 1.Egov ikkala qo`l bilan qat`iy gorizontal yo`nalishda oldinga (ish yurishi) va orqaga (salt yurishi) shunday ravon xarakat qildirilishi kerakki, u butun yuzasi bilan ikkala plastinaga (yoki shveller qirralari-ga) tegib tursin. Egovga chap va o`ng qo`l bilan bosish kuchi taqsimlani shiga qat`iy rioya qilgan holda(muvozanatni saqlab), unga faqat oldinga borishida bosiladi, chunonchi: ish yurishi boshida egovga asosan chapqo`l bilan bosilib, o`ng qo`l bilan ugorizontal holatda ushlab turiladi ish yurishi o`rtasida egovga ikki qo`lda bir xil kuch bilan bosiladi ; ish yurishi oxirida esa unga asosan o`ng qul bilan bosilib, chap qo`lda egov gorizontal holatda ushlab turiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |