Metallarni flyus qatlami ostida payvandlash. Elektr-shlak ostida payvandlash
Metallarni himoya gazlari muhitida elektrik yoy yordamida payvandlash
Download 0.65 Mb.
|
Filyus turlari va ularga qo\'yiladigan talablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 .5 – rasm.
Metallarni himoya gazlari muhitida elektrik yoy yordamida payvandlashPayvandlashlarning yuqorigi § larda tanishilgan flyus ostida va elektrik-shlak usullarida ko‘rdikki, payvandlashda yoy va metall vannasi flyus yoki shlak qatlami ostida bo‘lib, protsessda tashqi muhitdan himoyalanadi. Bu usulda esa payvandlash himoya gazlari muhitida olib boriladi. Amalda uglerodli, legirlangan, ximiyaviy aktiv metall va ularning qotishmalari bu usulda payvandlanadi. Bu protsessda himoyalovchi muhit sifatida inert gazlardan (argon, geliy) va aktiv gazlar (azot, uglerod II oksid va boshqalar) dan foydalaniladi. Bu usulning avzalliklariga flyusga zarurat qolmasligi, chok metali ximiyaviy tarkibining ta’minlanishi, metallning qanday payvandlanayotganini bevosita kuzatilish, istalgan holatda chok bostirilishi, choklarni tozalab o‘tirishga hojat qolmasligi va boshqalar kiradi. SHuni qayd etish kerakki, gaz oqimi metallni sovitib turishi natijasida termik zona qisqarib, buyumning deformatsiyalanishi kamayadi. Ayniqsa, protsessni avtomatlashtirish mumkinligi ish unumini keskin oshiradi. Sanoatda himoya gazi muhitida metallarni elektrik yoy yordamida payvandlashning ko‘proq tarqalgan xillari bilan tanishamiz. 4 .5 – rasm. Argon muxitida elektr yoy yordamida payvandlash 1 – payvandlanuvchi metall; 2 – chokbop sim; 3 - volfram elektrod; 4 – mundshtuk; 5 – himoya qobig‘i; 6 – elektr yoy; 7 – suyuqlangan metall. Metallarni argon muhitida elektrik yoy yordamida payvandlash. Amalda bu usuldan aktiv metallarni (alyuminiy, magniy, titan, sirkoniy, tantal, niobiy) va ularning qotishmalarini, shuningdek, legirlangan po‘latlardan yasalgan murakkab konstruksiyalarni payvandlashda foydalaniladi. Argon muhitida metallarni eletrik yoy yordamida payvandlash qiyin suyuqlanuvchan volfram elektrodlarida va oson suyuqlanuvchan metall elektrodlarda olib boriladi. Qiyin suyuqlanuvchan volfram elektrod bilan argon muhitida metallarrni elektrik yoy yordamida payvandlash (4.5-rasm). Elektrik yoy 6 volfram elektrod 3 bilan payvandlanadigan metall 1 orasida yondirilib, argon mundshtuk 4 ning halqa kesimlik teshigidan ma’lum bosimda haydab turiladi, bunda u yoyning butun zonasini va metall vannani to‘la o‘raydi. A rgon muhitida yoy bilan payvandlash, odatda, qalinligi 0,1-5 mm bo‘lgan metallarni payvandlashda qo‘llanilib, o‘zgarmas tokda pasayuvchi tashqi harakteristikali manbaalarni to‘g‘ri qutbli qilib ulab, dastaki yoki avtomatikaviy usulda olib boriladi. Metallarni oson suyuqlanuvchan metall elektrodlar bilan argon muhitida elektrik yoy yordamida payvandlash (4.6-rasm).
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling