Metallarni kesish jarayonining fizikaviy asoslari kesish kuchi quvvat kesish tezligi
Kesish kuchining nazariy tenglamasi
Download 127.25 Kb.
|
METALLARNI KESISH JARAYONINING FIZIKAVIY ASOSLARI KESISH KUCHI QUVVAT KESISH TEZLIGI
Kesish kuchining nazariy tenglamasi
Metallarni kesish nazariyasining asoschilaridan biri rus olimi K.A.Zvorikin kesish kuchining nazariy tenglamasini tuzdi. Buning uchun randalash keskichining zagotovkaga nisbatan V tezligi bilan qirqib harakatlanish jarayonini ifodalovchi hisoblash sxemasi qabul qilingan (4.4 va 4.5-rasmlar). Keskichning tig'iga va yorilish tekisligida ta'sir etuvchi kuchlarning teng boiishi nuqtayi nazaridan kelib chiqib, kesish kuchining quyidagi nazariy tenglamasini (K.A. Zvorikin-ning kesish kuchlari tenglamasini) yozish mumkin: Bu yerda: а - kesilayotgan qatlamning qalinligi; b -kesilayotgan qatlamning kengligi; -urinma kuchlanishlar, ular yorilish tekisligida tekislikning butun yuzasi bo'yicha plastik deformatsiyalanayotgan metallning yupqa qatlamida paydo bo'ladi (bu kuchlanishlarning natijasi kuchi ko'rinishida namoyon bo'ladi); -old burchak; 0-yorilish tekisligi va randalash keskichining bosh harakati yo'nalishi orasida o'lchangan yorilish burchagi; - ishlanayotgan zagotovka va asbob materiallarining tashqi sirpanib ishqalanish koeffitsiyenti (qirindining old yuza bo'ylab siljishi natijasida ishqalanish kuchi sodir bo'ladi); -plastik deformatsiyalanayotgan metaudagi ichki ishqalanish koeffitsiyenti. Ba'zan ishlab chiqarish masalalarini yechish maqsadida mexanik ishlov berishda paydo bo'layotgan kesish kuchlarining kutish mumkin bo'lgan mezonini bilish zarur bo'ladi. Buning uchun soddaroq mate-matik ifoda bilan ish yuritish qulaylik tug'diradi. Zvorikin tenglamasiga o'lchov birligiga ega bo'lmagan barcha miqdorlarning ta'sirini hisobga oluvchi koeffitsiyent e ni kiritib, tenglamani quyidagi ko'rinishda yozish mumkin: I kkinchi mavzuda keltirilgan kesilayotgan qatlam ko'ndalang kesimi yuzasi uchun yozilgan A=ab-st ifodani bilan belgilab, oxirgi tenglamani quyidagicha yozsa bo'ladi: Bunda ko'paytmaniungaekvivalentbo'lgan ko'paytmasi bilan almashtiramiz; ko'paytmasi ishlanayotgan zagotovka metalining kesishga ko'rsatadigan solishtirma qarshiligini ifodalaydi va uni kesish koefTitsiyenti deb atash qabul qilingan. Bu holda Bu kesish kuchining soddalashtirilgan tenglamasidir. Tajribada aniq-langanki, uglerodli konstruksion po'latlarni kesib ishlashda Boshqa konstruksion po'latlar uchun, umuman Kesish kuchi uchun soddalashtirilgan ko'rinishdagi tenglama kesish jarayonida ta'sir etuvchi kuchning miqdorini chamalab ko'rish imkonini beradi. Masalan, Сталь 45 markali uglerodli konstruksion po'latni r=3 mm va 5=0,5 mm/ayl rejimida kesib ishlanganda ga teng bo'ladi. Сталь 45 uchun bo'lsa, ni tashkil etadi. Download 127.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling