Metallarni kesish jarayonining fizikaviy asoslari kesish kuchi quvvat kesish tezligi


Kesish kuchlarini tajribada baholash


Download 127.25 Kb.
bet3/4
Sana23.11.2023
Hajmi127.25 Kb.
#1794975
1   2   3   4
Bog'liq
METALLARNI KESISH JARAYONINING FIZIKAVIY ASOSLARI KESISH KUCHI QUVVAT KESISH TEZLIGI

Kesish kuchlarini tajribada baholash

Kesish kuchlari uchun keltirilgan nazariy tenglamalar faqatgina P kuchining rejim, geometrik va fizik parametrlarga bog'liqligini sifat ji-hatidan tahlil qilish imkoniyatini beradi va tajribada kesish kuchlarini miqdoriy ifodalash uchun noqulaydir. Amaliyotda kuchlarni baholash kuchning tashkil etuvchilari Px, Py va P1 ni o'lchash yoki empirik formu-lalar bo'yicha hisoblash orqali olib boriladi. Kuchlarni o'lchash maqsa-



dida qo'llaniladigan dinamometrlar turhcha tuzihshga ega bo'lib, ularning quyidagi turlari mavjud:
-mexanik dinamometrlar (richagli va prujinali);
-elektrik dinamometrlar (sig'imli, induksion, pyozokvarsli, simli qarshilik datchiklaridan tuzilgan tenzometrik);
-gidravlik (membranali va porshenli).
Shuningdek dinamometrlarning bir (P, ni o'lchash uchun), ikki va uch (Px, Py, Pni o'lchash uchun) komponentli turlari bo'ladi.
O'tkazilgan tekshirishlar asosida turli omillarning kesish kuchlariga ta'siri o'rganilib, yo'nish usuli uchun quyidagi ko'rinishdagi hisob-Iash formulalari taklif etilgan:

Bu yerda: Iar tajriba


koeffitsiyentlari bo'lib, ishlov berish sharoiti va materiallarning xos-salarini hisobga oladi;


Kpz- tajribadan farqli sharoitni hisobga oluvchi to'g'rilovchi koef-fitsiyent;
t - kesish chuqurligi;
s - surish qiymati;
HB - ishlov o'tayotgan zagotovka materialining Brinnel bo'yicha qattiqligi.
Barcha keltirilgan koeffitsiyentlar aniq mos tajriba natijalaridan yoki kesish rejimi bo'yicha ma'lumotnomalardan olinadi. Kesish ku­chining miqdori va uning o'zgarish xarakteriga quyidagilar katta ta'sir ko'rsatadi:
-zagotovka va asbob materiallarining xossalari va struktura holat-lari;
-kesuvchi asbobning konstruksiyasi va geometrik parametrlari; -kesish rejimi ;
-foydalaniladigan sovitish-moylash suyuqliklari (SMS) va ularni kesish zonasiga yetkazish usullari;
-kuchni qo'yish usuli va deformatsiyajarayonining xarakteristikasi; -texnologik sistemaning bikirligi va boshqalar.




Download 127.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling