Mavzu: Kesish rejimlarini aniqlash. Reja


Download 36.74 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi36.74 Kb.
#1739907
Bog'liq
Atfof muhit muhofazasi


Mavzu: Kesish rejimlarini aniqlash.
Reja:

  1. Kesish rejimini tayinlash uslubi. Kesishning optimal rejimi haqida tushuncha.

  2. Kesishjarayonida qo'llaniladigan moylash-sovitish moddalarining turlari.

  3. Metallarni kesib ishlashning turli usuUari va ularga xos kesish parametr­lari.


Kesishning optimal rejimi haqida tushuncha

Materiallarga stanoklarda mexanik ishlov berishda eng muhim tex-nologik shart sifatida kesish rejimi ko'rsatiladi.


Kesish rejimi — kesish jarayonini ifodalovchi bir qator ko'rsatkichlarning miqdoriy qiymatlari majmuasi bo'lib, ularga shu jarayonning texnik-iqtisodiy parametrlari chambarchas bog'liqdir; bunday ko'rsatkichlarga kesish chuqurligi (0, surish (s), kesish tezli­gi (v), kesuvchi asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari
va turg'unligi (T), shuningdek, kesish
kuchlari quvvativa boshqalar kiradi. Kesish rejimining xarakteristikasi berilgan konstruksion material-ning kesib ishlanuvchanligi orqali ifodalanadi. Materialning kesib ishlanuvchanligi o'z navbatida ishlanayotgan zagotovka va kesuvchi asbob materialining fizik-kimyoviy xossalari, asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari va kesish rejimi elementlarining optimal qiy-matlari, kesuvchi asbobning yedirilish kattaliklari va turg'unligiga bog'liq bo'lib, materialga ishlov berishda ish unumdorligi va ishlangan yuza sifatini chegaralovchi xarakteristikalar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Odatda kesib ishlanuvchanlikni baholashda ishlov berishni amalga oshi-rishdagi sarf-xarajatlarning minimal qiymatlariga mos keladigan ke­suvchi asbobning turg'unligi Tva uni ifodalovchi optimal kesish tez-Iigi v hisobga olinadi.

Biror detalni kesib ishlash orqali tayyorlashda ish unumdorligi va iqtisodiy jihatdan baholashda bir detal uchun sarf qilingan vaqt tushunchasidan foydalaniladi.


Bunday vaqt quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda:


asosiy texnologik vaqt (yoki mashina vaqti) bo'lib, bu vaqt
to'g'ridan to'g'ri kesish jarayoni uchun sarf bo'ladi (kesuv­chi asbobning bosib o'tgan yo'li:


L - detaining kesib ishlangan qismi uzunligi;
va - kesuvchi asbobning kirish va chiqish uzunliklari; s - surish qiymati, mm/ayl; n - zagotovkaning aylanish chastotasi, o'tishlar soni;
- yordamchi vaqt (stanokni boshqarish, zagotovkani o'rnatish, tayyor bo'lgan detalni bo'shatish kabilarga sarf etiladi);

  • ish joyiga texnik va tashkiliy xizmat ko'rsatish (zagotovkani ish joyiga keltirish, detal va asboblarni transportirovka qilish va boshqalar) vaqti;

ish davomida zarurAy tanaffuslat uchun ajratUgan vaqtni kamaytirishning asosiy rezervi - stanoklarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish (programrnali dastur bo'yicha boshqarila-digan -PDBB- stanoklarni, avtomatlashtirilgan tezda qayta sozlanuv chi modullar, sistemalar va ishlab chiqa rishlarini yaratish) va v, s, t larning optimal qiymatlarini tanlash orqali t0 ni pasaytirishdir.
Ishlov berishning optimal rejimini aniqlashning bir necha usul-Iari mavjud bo'lib, u3arni quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin:
v, s, t, riarni analitik va grafik usullar bo'yicha hisoblash. Bunday ishlov berish xarakteri (xomaki, yarim toza, tozalab, nafis) va ishlov berish sharoiti (sovitish-moylash suyuqliklarini qo'llash, ke­suvchi asbob kesuvchi qismining geometrik parametrlari, stanokning bikrligi, aboblarni o'rnatish va boshqalar) hamda ishlanayotgan zag-otovka va kesuvchi asbob materiallarining xossalari va boshqalarni hisobga oluvchi empirik formuialardan foydalaniladi.
Download 36.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling