Fizikaviy isrof metallni yoki metall sulfidini ikkita bir-biriga aralashmaydigan fazalarda (metall va shlak, shlak va shteyn) taqsimlanish koeffitsienti qonuniga asoslangan bo‘ladi. Fizik va kimyoviy isrofgarchilik faqat fazalararo chegarada o‘tish bilan farqlanadi. Shu sababli ularni birlashtirib elektrokimyoviy sarflanish deb nomlanadi. - Fizikaviy isrof metallni yoki metall sulfidini ikkita bir-biriga aralashmaydigan fazalarda (metall va shlak, shlak va shteyn) taqsimlanish koeffitsienti qonuniga asoslangan bo‘ladi. Fizik va kimyoviy isrofgarchilik faqat fazalararo chegarada o‘tish bilan farqlanadi. Shu sababli ularni birlashtirib elektrokimyoviy sarflanish deb nomlanadi.
- Mexanik isrof fazalarning chala bo‘linishida va suyuq shteyn yoki metallning mayda zarrachalarini shlakda aralashib qolishi tufayli sodir bo‘ladi. Bu holat metallurgik pechga shixta yuklanganda u shlakning ustki qismiga tushib, unda erib, kerakli komponent shlak qatlamidan metall yoki shteyn qatlamiga sizib o‘tishga ulgurmay qoladi va natijada pechdan shlak chiqarilganda u bilan birga chiqib ketadi.
- 1. Shlak eritmasining yopishqoqligini kamaytirish. Buning uchun
- bir va ikki valentli metall oksidlarini qo‘shish zarur (masalan, Na2O, CaO). Chunki bu oksidlar yopishqoqlikning ko‘payishiga sabab bo‘lib turgan Si – O komplekslarining mustahkam atom kristall panjarasini buzib, kvarsni o‘zlariga bog‘lab olishadi va metall silikatlarini hosil qilishadi. Natijada yopishqoqlikning kamayishiga erishiladi.
- 2. Metall va shlak zichliklari farqini oshirish. Bunda metall yoki shteynning zichligini oshirish va shlakning zichligini kamaytirish kerak. Buning uchun shteyn zichligini oshirish maqsadida og‘ir metallar qo‘shish, shlak zichligini kamaytirish uchun esa yengil metallar oksidlaridan qo‘shish mumkin.
3. Metallurgik pechdagi shlak qatlamining balandligini iloji boricha kamaytirish. Ko‘pincha metall eritishda shlak qatlami balandligini 10 sm lar atrofida ushlab turishga harakat qilinadi. Shlak qatlamini kamaytirish uchun uni vaqti-vaqti bilan quyib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |