3. Metallurgik pechdagi shlak qatlamining balandligini iloji boricha kamaytirish. Ko‘pincha metall eritishda shlak qatlami balandligini 10 sm lar atrofida ushlab turishga harakat qilinadi. Shlak qatlamini kamaytirish uchun uni vaqti-vaqti bilan quyib turiladi. 4. O‘lchami kichik bo‘lgan metall tomchilarini iloji boricha kattalashtirish. Bu jarayon koalissensiya deb ataladi. Agar mayda tomchilar birlashib yirikroq tomchilarni hosil qilsa ularning cho‘kish tezligi oshib metall fazasiga o‘tishi tezlashadi. Bu esa eritmadagi fazalararo sirt tarangligiga bog‘liqdir. Sirt tarangligi qancha yuqori bo‘lsa koalissensiya shuncha tezlashadi. Sirt tarangligini oshirish uchun esa eritmaga aktiv kationitlar qo‘shish zarur. Chunki bu kationitlar Si – O komplekslari hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilib, sirt tarangligini kamaytirib turgan omillarni qisman bartaraf etishga yordam beradi. Bundan tashqari haroratning oshishi ham sirt tarangligining ortishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |