Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarni olish usullari
Download 91 Kb.
|
13-maruza
Sulfidlardan metall olish
Sulfidlardan metall ajratib olish 2 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda metall sulfidi kuydiriladi va metall oksidi olinadi. Ikkinchi bosqichda oksid qaytariladi. 2ZnS+3O2=2ZrO+2SO2 ZnO+C=Zn+CO hosil bo'ladi. Rudani bekorchi jinslardan tozalash flotatsiya deb ataladi. Flotatsiya chahlarda o'tkaziladi. Ruda chanlarga solinadi suv bilan to'ldiriladi, so'ngra suvli eritmaga ko'pik hosil qiladigan modda (flotreagent) qo'shiladi va aralashtiriladi. Bekorchi jinslar chan tagiga cho'kadi. Foydali qismi ko‘piklarga yopishib, suyuqlik betida yog'iladi va u qismi alohida yig'ib olinadi. Gidrometallurgiya usulidaasosan rudaning tarkibidagi kerakli metallni kislota yoki ishqor eritmasida eritib, tuz eritmasi holatiga o'tkaziladi va so'ngra bu eritmani elektroliz qilinadi, yoki aktiv metall yordamida eritmadagi metall qaytariladi. Elektroliz jarayonida metall katoddaajralib chiqadi. Masalan: Respublikamizdaoltin asosan qum bilan aralashma holida uchraydi. Oltinni olish uchun avval aralashma qumdan tozalanadi so'ng kaliy sianid tuzining suvli eritmasi vaatomlar kislorod yordamida eritmaga kompleks birikma holida o'tkaziladi, so'ngra eritmaga ruh qo'shilib oltin qaytariladi. Bu jarayonning reaksiyasi quyidagicha: Au + 8KCN + O2 + 2H2O 4K[Au(CN)2] + 4KOH 2K[Au(CN)2] + Zn = K2[Zn(CN)4] + 2Au bu usul ekologik toza usuldir. Download 91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling