Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarni olish usullari
Download 91 Kb.
|
13-maruza
MetaПarmng fizik xossalari
Metallar birinchi tur o'tkazgichlardir. Ularda elektrni erkin elektronlar tashiydi. Tartibsiz harakatda bo'lgan erkin elektronlar batartib - bir tomonga harakatlanishi uchun juda kichik elektr potensiali kifoya. Shu sababli, metallar elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Elektronlarning batartib - bir tomonlama harakatiga to'sqinlik qiluvchi faktorlar metallarning elektr o'tkazuvchanligini pasaytiradi. Masalan: Haroratning ko'tarilishi bilan ionlarning tebranma harakati kuchayadi va ular ichida elektronlarning harakatlanishi qiyinlashadi. Shu sababli, Haroratning ko'tarilishi bilan metallarning elektr o'tkazuvchanligi pasayadi. Metallar absolyut nol haroratiga yaqin haroratida (ma'lum haroratdan so'ng) o'ta katta elektr o'tkazuvchanlikka ega bo'ladi, bu holda ularning elektr o'tishiga qarshiliklari deyarli yo‘q darajada bo'ladi. Metallardagi turli qo'shimchalar ham elektronlarning harakatiga to'sqinlik qiladi. Shu sababli, metallarda qo'shimcha ko'paygan sari, bu metallning elektr o'tkazuvchanligi pasayadi. Metallar issiqlikni ham yaxshi o'tkazadi. Buning asosiy sababi quyidagilardir. Bir tomondan, qo'shni ionlar orasida ikkinchi tomondan esa ion bilan elektronlar orasida energiya almashinish jarayon sodir bo'lib turadi. Metall tayoqchaning bir uchini qizdirish natijasida, tayoqchaning ana shu uchidagi ionlarning tebranishi kuchayadi, ionlar katta energiyaga ega bo'lib qoladi. Bu ionlar ortiqcha energiyani qo'shni ionlarga beradi va natijada, qo'shni ionlar ham kuchli tebrana boshlaydi. Bu jarayon tayoqchaning ikkinchi uchiga tez yetib keladi va nihoyat hamma ionlar bir xil tebrana boshlaydi. Energiya almashinish jarayoni juda tez boradigan jarayon bo'lganligi uchun, tayoqchaning bir uchidagi issiqlik tezda ikkinchi uchiga yetib keladi. Ionlar orasidagi elektronlarda ham ana shunday hol yuz beradi. Eng yaxshi o'tkazuvchilar: kumush - 59, mis-54, oltin-40, alyuminiy-27. Metallar solishtirma og'irligiga ko'ra: engil, solishtirma og'irligi d=5 kg/m3 dan kichik va og'ir, solishtirma og'irligi d=5 kg/m3 dan katta, metallarga taqsimlanadi. Yengil metallarga litiy d=0,53 kg/m3, kaliy d=0,86 kg/m3, natriy d=0,97 kg/m3, magniy d=1,7 kg/m3, alyuminiy d=2,7 kg/m3 va hokazo. og'ir metallarga osmiy d=22,5 kg/m3, platina d=21,5 kg/m3, oltin - d=19 kg/m3, temir - d=7,87 kg/m3, qo'rg'oshin- d=11,3 kg/m3 va hokazo. Metallar suyuqlanish haroratiga (tC )qarab yengil va qiyin suyuqlanuvchi metallarga taqsimlanadi. Yengil suyuqlanuvchi metallarga simob tC=-390S, seziy tC=+28,50C, litiy tC=1810C, kaliy tC=63,60C, natriy tC=980C, qalay tC=2320C, qo'rg'oshin tC=3280C, magniy tC=6510C va hokazo, ya'ni suyuqlanish harorati 8000C dan kichik bo'lgan metallar. Suyuqlanish harorati (tC) 8000C dan katta bo'lgan metallar qiyin suyuqlanuvchi, ularga volfram tC=33830C, osmiy tC=22700C, platina tC=17700C, xrom tC=18750C, oltin tC=10600C, temir tC=15390C va boshqalar misol bo'la oladi. Metallning o'ziga xos xususiyatlaridan biri ularning bolg'alanuvchanligidir. Metallar elastik bo'ladi. Buning sababi ham ularning yuqorida aytib o'tilgan ichki tuzilishidir. Metallarning elastikligi ionlar qatlamining boshqa ionlar qatlamiga nisbatan oson surilishi mumkinligidan kelib chiqadi. Metallarning o'ziga xos yana bir xususiyati ularning yaltiroqligidir. Qora metallarga temir va uning qotishmalari, rangdor metallarga esa qolgan hamma metallar kiradi.
Download 91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling