Lar mavjud. Ko'pchilik Me larning valent pog‘onasidagi s
Download 29.17 Kb.
|
Metallar
Me lar, asosan, atom kristall panjara holida bo‘lganligi uchun qattiqliligi yuqori bo‘ladi. Metallning kristall panjara tugunlarida Me+ ionlari, neytral metall atomlari va ular orasida harakatlanuvchi ё lar mavjud. Ko'pchilik Me larning valent pog‘onasidagi s - ё lar soni 1 yoki 2 ta bo'lib, ular yadro bilan zaif bog‘langan. Shu tufayli ularning ionlanish potensiali kichik bo‘ladi. Shuning uchun Me lar kimyoviy reaksiyalarda donori, birikmalarida musbat zaryadlangan kation holida bo‘ladi. Metallar zichligiga qarab og‘ir va yengil metallarga bo‘linadi. Zichliyl 5000 kg/m3 dan kichiklari yengil, zichligi 5000 kg/m3 kattalari og'ir metallarga bo’linadi. Bundan tashqari, metallar qiyin va oson suyuqlanuvchi metallarga ham bo‘linadi. Agar metallning suyuqlanish harorati 800°C dan yuqorilari qiyin suyuqlanuvchi (masalan, volfmm 3410°C), 800°C pastlari oson suyuqlanuvchi (masalan, seziy 28,5C) metallar deyiladi. Me larning eng muhim kimyoviy xossalaridan bin ularning oksidlanishidir. 1. Pt va Ag tigellar havoda qizdirilganda massasi o‘zgarmaydi. Fe va Cu tigellarning massasi esa ortadi. Bunga sabab nima? 2. Issiqlikni va elektrni yaxshi o‘tkazadigan, kumushsimon oq yengil metall bor. Bu metallning boshqa metallar bilan hosil qilgan qotishmalari juda yengil va pishiq bo‘ladi. M etall havoda barqaror, lekin HC1 va NaOH eritmalarida yaxshi eriydi, bunda ikkisida ham bir xil miqdorda gaz ajralib chiqadi. Kukunsimon metall qizdirilganda, S bilan reaksiyaga kirishadi, reaksiya mahsuloti suv bilan ishlanganda, amfoter xossaga ega bo‘lgan gidroksid hosil qiladi. Bu qanday metall va 20,4 g metall oksidi hosil qilish uchun necha g metall olish kerak? 3. Temir rudalarining formulalarini yozing va temir, po‘lat, cho‘yanning bir-biridan farqini ayting. 4. Quyidagi reaksiya tenglamalarini tugallang va bundan pirometallurgiya usulini toping. 1) CuSO4+Zn=? 2)Fe3O4 + CO =? 3)Zn+AgNO3=? 4) ZnO+C=? 5. Tarkibida 15 % qo‘shimchasi bo‘lgan magnitli temirtosh (Fe3O4) ning qanday massasida 4 t temir bo‘ladi? 6. Tarkibida 24 g Cu(NO3)2 bo‘lgan eritmaga 6 g rux qipig'i solindi. Bunda hosil bo‘lgan moddalar massasini aniqlang. 7. Tarkibida 10 % qo‘shimchasi bo‘lgan 200 kg limonitdan (2Fe2O3*3H2O) necha kg temirni qaytarib olish mumkin (reaksiya unumi 90 % ). 8. Misga ikki xil konsentratsiyali HNO3 ta’sir ettirdganda birinchisidan 11,2l (n.sh.) NO2, ikkinchisidan 8,96 / NO ajraldi-Har ikkala reaksiyada ishtirok etgan metall massasini aniqlang. 9. 9,6 g metall gidroksididan 23,1 g shu metallning nitrati hosil bo‘lsa, metallni aniqlang (Me+). 10. Massasi 50g bo‘lgan rux plastinkasi qo‘rg‘oshin II nitrat eritmasiga botirildi. Ma’lum vaqtdan so‘ng plastinka massasi 57,1 g teng bo‘lib qoldi. Eritmaga tushgan rux massasini va plastinkaga o’tirgan qo‘rg‘oshin massasini aniqlang. 11. Noma’lum metall sulfatning 50 g eritmasiga 50 g rux tayoqchasi botirildi. Biroz vaqtdan so‘ng tayoqcha massasi 1,08 g ga ortdi. Bunda hosil bo‘lgan rux sulfatni eritmadagi massa ulushi 6,58 % bo’lib qoldi. Metallni aniqlang Me+2 12. Tarkibida 6,8 g Cu(NO3)2 bo‘lgan eritmaga temir plastinka tushirildi. Mis batamom ajralib chiqqandan so‘ng plastinka massasi 5 % ga ortdi. Plastinkaning dastlabki massasini toping. 13. 2 zaryadli ion hosil qiladigan metalldan yasalgan va massalari bir xil bo‘lgan 2 ta plastinkaning birinchisi CuCl2 eritmasiga, ikkinchisi CdCl2 eritmasiga tushirildi. Biroz vaqtdan so‘ng CuCl2 eritmasiga tushurilgan plastinka massasi 1,2 % ga, ikkinchi plastinka massasi esa 8,4 % ga ortdi. СuС12 va CdCl2 uning molyar konsentratsiyasi bir xilda kamaygan bo’lsa metallni aniqlang. 14. 15 g mis tutgan tayoqcha kumush nitrat eritmasiga tushirildi. Reaksiyadan so‘ng metall tayoqcha olib, quritilib tortilganda massasi 1 g ortdi. Eritmaga tushgan misni va hosil bo‘lgan yangi tuzning massasini aniqlang. 15. Massasi 50 g bo‘lgan qoshiq suvga tashlandi va ancha vaqtdan so‘ng u zangladi, qoshiq tortib ko‘rilganda massasi 52,4 tengligi aniqlandi. Qoshiq tarkibini aniqlang. 16. Kumush qaysi metallarni ularning tuzlari eritmasidan siqib chiqarishi mumkin: 1) Zn, Hg; 2) Pb, Sn; 3) Sn, Hg; 4) Hg, Cu; 5) Cu, Sr. 17. Massasi 200 g bo‘lgan mis (II)-sulfat eritmasiga massasi 15 g bo‘lgan Mg solindi. Birozdan so‘ng tayoqcha olib o‘lchanganda 21 g ni tashkil qildi. Olingan eritmadagi MgSO4 ning massa ulushini aniqlang. 18.Rux tayoqchasi tarkibida 27 g CuCl2 bo‘lgan eritmaga tushurildi. Tayoqcha massasi 0,2 g ga kamaygan bo‘lsa necha g СuСl2 qolgan va necha g ZnCl2 hosil bo‘lgan. 19. Massasi 50 g bo‘lgan rux tayoqchasi massasi 170 g bo’lgan CuCl2 eritmasiga tushirildi. Birozdan so‘ng tayoqcha massasi 49,6 g bo’lib qoldi. Reaksiyadan keyin eritmadagi ZnCl2 ni % ni toping. 20. Quyidagi elektrolitlardan kadmiy bilan reaksiyaga kirisha oladiganlarini aniqlang: 1) KC1; 2) Сu(NO3)2; 3) HC1; 4) ZnSO4; 5) MnSO4; 6) AgNO3 (barcha tuzlarning konsentratsiyasi bir xil).. Korroziya - metallaming tashqi omillar ta’sirida yemirilishi, u 2 xil bo‘ladi: 1) kimyoviy; 2) elektrokimyoviy. 1. Kimyoviy korroziya - gaz korroziyasi deb ham ataladi, chunki bu jarayon gaz holatdagi moddalar ta’sirida amalga oshadi. Bunda metallar yemirilishi uchun oksidlangan yoki sulfid holiga o‘tib qolgan. Al, Zn, Sr,Ni larda oksid parda hosil bo‘lib, bu parda ulami korroziyasidan saqlab qoladi. 2. Elektrokimyoviy korroziya - nam havo, turli elektrolitlar ta’sirida uzaga keladi (aniqrogi, suyuq elektrolitlar orqali). Bu korroziya vujudga kelishi uchun galvanik element hosil bo‘lishi kerak. Bundan metallarning qaysi biri yemirilishi ularning elektrokimyoviy kuchlanish qatoridagi o‘rniga bog‘liq. 1. Fe ning O2 ishtirokidagi korroziyasi qanday muhitda sodir boiadi? 2. Qaysi omillar Fe ning elektrokimyoviy korroziyasini kuchaytiradi? a) muhit pH ni kuchaytirish; b) muhit pH ni kamaytirish; d) havoda CO2 konsentratsiyasini orttirish; e) eritmada O2 miqdorini orttirish. 3. H2 hosil bo‘lishi bilan sodir bo’ladigan Fe korroziyasi qanday muhitda sodir bo‘ladi? 4. A1 dan yasalgan idishda qaysi eritmalami qaynatib boimaydi? a) NaCl ning to'yingan eritmasi; b) sodaning konsentrlangan eritmasi; d) HC1 ning 10 % li eritmasi; e) Al2(SO4)3 ning 5 % li eritmasi; f) KC1 ning konsentrlangan eritmasi. 5. Zn plastinkaning ustiga Al plastinkani qo‘yib ikkalasining orasiga ozgina HCl tomizildi. Bunda qaysi metall yemiriladi. Korroziya vaqtida anodda va katodda sodir bo‘ladigan jarayonlaming electron tenglamalarini tuzing. 6. Fe ustiga qoplangan Ni ozgina tirnalgan. Shu joyga ozgina suv tomizilsa, qanday jarayon sodir bo‘ladi? Metallaming qaysi biri katod? Shu jarayonning elektron sxemasini tuzing. 7. CuSO4 eritmasiga Al metalli tushirilsa, reaksiya sekin sodir bo’adi. Agar unga ozgina NaCl qo‘shilsa, reaksiya tezlashadi. Sababini ayting. 8. Zn plastinkasiga ozgina Cu kukuni qo‘yilgan. Plastinkaning Cu turgan joyiga 3-4 tomchi H2SO4 tomizilsa, tomchilar ostidan gaz pufakchalari chiqa boshlaydi. Bunga sabab nima? Javobingizni sodir bo’ladigan jarayonlarning elektron tenglamalarini yozib izohlang. 9. Fe tunuka Zn bilan qoplangan. Biror sabab bilan ozgina Zn ko‘chib qolgan. Uning ustiga yomgir yog‘ganda qanday jarayon sodi bo’ladi? Anod va katodlarni aniqlang 10. Biri qisman Zn bilan, ikkinchisi qisman Cu bilan qoplangan ikkita Fe plastinka nam havoda saqlanadi. Bu plastinkalarning qaysi birida tezroq zang hosil bo‘ladi? Javobingizni izohlang. Download 29.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling