Меtallarning tabiatda tarqalishi va olinishi, ishlatilishi
Download 223.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqMetallar olinishini tarixiy bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- →CuSO 4 +H 2 O Bu usullar yordamida oltin, kumush, rux va boshqa metallarni olish mumkin. Elektrotermik usul.
ZnO+C→CO+Zn; Fe3O4+4CO→3Fe+4CO2;
3BaO+Si→BaSiO3+2Ba; 2HgO→2Hg+O2 Gidrometallurgiya. Bu usul metallarning birikmalarini eritmaga oʻtkazib, yuqori xaroratsiz, elektroliz yordamida qaytarishga asoslangan. CuO+H2SO4→CuSO4+H2O Bu usullar yordamida oltin, kumush, rux va boshqa metallarni olish mumkin. Elektrotermik usul. Bu usullar metallarning tuzlari suyuqlanmalarini elektroliz qilib olishga asoslangan: 2 Na+Cl– →2Na0+Cl02; katodda 2Н++ e →H02; аnodda 2Cl—e→ Cl02; Аluminotermiya usuli. Rudalardan metallarni qaytarib olishda aluminiydan foydalaniladi. OLTIN ELEMENTINING XUSUSIYATLARI VA TARIXIY BOSQICHLARIOdamlar qadim zamonlardanoq oltinning g’aroyib xossasini payqashgan. Bu metal havoda o’z jilvasini yo’qotmagan, suvda zanglamagan, o’yuvchi kislota va ishqor eritmalarida erimagan. Mustahkamlik va o’zgarmaslik o’sha davrdan to hozirgacha asllik belgisi sanalib keladi. Oltinning platina bilan qotishmasidan eng chidamli kimyoviy idishlar tayyorlashda ishlatiladi. Shu sababli deyarli hamma mamlakatlarda odamlar buyum qimmatini asl metallar qiymati bilan baholab kelgan. Kimning oltin yoki kumushi qanchalik ko’p bo’lsa, u shunchalik badavlat, aslzoda hisoblangan. Arxeologik topilmalardan oltin buyumlarning milloddan avvalgi 5-4 ming yil ilgari yasalgani ma’lum bo’ldi. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda oltin qazib olingan va undan turli buyum va bezaklar ishlangan, keyinchalik tangalar yasash uchun ham tillodan foydalanishgan. Bundan 300 yil avval esa Janubiy Amerika konlarida ispanlar oltin yuvishga halal bergan og’ir metalni jahllari chiqib, bazo’r uloqtirib tashlashgan. Ular kelajakda bu metal oltindanda qimmat bo’lishini bilishmagan. U metal esa qimmat baho platinadir. O’zlari bilmagan holda platina metaliga asos solishgan, keyinchalik kimyogar olimlar tomonidan bu metal aniqlanib, o’rganib chiqilgan. O’rta asrlarda odamlar oltinni “metallar podshosi” deb atashgan. Hozirda ham ayrim mamlakatlarda oltin bu nom bilan mashhur hisoblanadi. O’zining chiroyli, go’zal ko’rinishi, estetik did va jilo berishi bilan oltin qoplangan buyumlar boshqa metal qoplamalaridan farq qiladi. Oltin yuqori kimyoviy barqaror va vaqt o’tishi bilan xiralashmaydi. Uning ikkinchi nomi xalq tilida tilla deb ham ataladi. Lotincha aurum- “charaqlash” degan ma’noni anglatadi. Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element bo’lib, asl metallardan biridir. Kimyoviy belgisi Au, tartib raqami 79, atom massasi esa 197ga teng. Oltinning tabiatda keng uchraydigan barqaror izotopi 197Au, sun’iy radioktiv izotoplari ham bo’lib ular 194Au va 198Au massasini tashkil etadi. Rangi sariq, og’ir, cho’ziluvchan, yumshoq metaldir. Elektor tokini yaxshi o’tkazadi. Zichligi 19,32 g/sm kub, suyuqlanish temperaturasi 1064,4 C, qaynash temperaturasi esa 2880 C. Oltinning birikmalari I va III valentli bo’ladi. III valentli oltin birikmalari barqaror hisoblanadi. Tabiatda ko’pincha erkin holda uchraydi. Sof oltin mayda zarra holda kvarsga, har xil sulfedli rudalarga, ko’p hollarda esa qumga aralash bo’ladi. Rossiya Federatsiyasida, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, AQSH, Braziliya, Avstraliya, Kanada va Afrika mamlakatlarida oltin konlari bor. Oltin zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda to’rtinchi o’rinda turadi. O’zbekistonning Olmaliq, Zarafshon, Qizil qum hududlarida oltin va polikristall konlari mavjud. Hattoki tirik organizm hujayrasi va qon tarkibida ham oltin bo’lib, uning miqdori 0,01-0,05 mg/kg ni tashkil etadi. O’simliklardan esa makkajo’xori popugi va doni tarkibida bo’ladi. Bundan tashqari cho’l o’simligi hisoblangan shuvoq tarkibida ham oltin borligi aniqlangan. Oltin yumshoq metal bo’lganligi uchun undan tayyorlanadigan zargarlik buyumlariga mis va kumushdan qo’shilgan oltin aralashmasi ishlatiladi. Oltinning sofligi karat birligi bilan o’lchanadi. Mutlaq sof oltin 24 karat bo’ladi. Odatda do’konlarda sotiladigan tilla taqinchoqlarning sofligi 14 karat bo’ladi. Uni tarkibida 58% oltin, qolgan 42% esa mis bo’ladi. Zargarlik buyumlari tarkibida mis qancha ko’p bo’lsa, bunday taqinchoqning vaqt o’tishi bilan xiralashib, sifatini yo’qotishi shunchalik tez bo’ladi. Oltindan zargarlikda, kimyo sanoatida, elektrotexnikada, asbob-sozlikda, tibbiyot, fotografiya ha shu kabi ko’plab boshqa sohalarda ham keng qo’llaniladi. O’zbekistonda buyuk davlat arbobi, ulug’ adib, o’zbek xalqining 20 asrda yetishib chiqqan mutaffakkiri Sharof Rashidovga bag’ishlangan “O’chmas Sharaf” monografiyasi ishlab chiqilgan. Bu kitobda O’zbekistonda oltin konini ochishda o’z kuch g’ayrati, bilim va tafakkuri bilan barchaga o’rnak bo’ladigan inson Sharof Rashidovning xizmatlari haqida so’z boradi. Sharof Rashidov tufayli Muruntov, Uchquduq, Zarafshon oltin konlari ochilib, O’zbekiston dovrug’i dunyoga taraldi. XX asrning 60-70 yillarida Sharof Rashidovning shaxsan tashabbuslari bilan respublikada yirik oltin qazib ishlab chiqarish sanoati yaratildi. Oltinni qayta ishlab chiqarish fabrikalari, oltin saralash kombinatlari foydalanishga topshirildi. Shu bilan bir qatorda jahon andazalariga javob beradigan yuqori sifatli oltin olishga erishildi. Ana shu vaqtdagi donishmandlik va hozirgi iqtisodiy inqirozlardan oson o’tib kelayotganimizning sabablari ham Sharof Rashidovning avlodlar uchun g’amlab ketgan boyliklaridir. Hozirda ko’plab davlatlarda oltinlarimiz eksport qilinmoqda. Shvetsariya O’zbekistonning oltin bo’yicha asosiy eksport bozoriga aylangan. Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yilgi oltin savdosi 2,9 mlrd $ni tashkil qilgan. 2016-2018 yillar davomida 220 tonna oltin eksport qilingan bo’lsa, 2019 yilda esa 80 tonna eksport qilinishi rejalashtirilgan. Download 223.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling