Metallarning xossalari. Metallar korroziyasi
Download 97.03 Kb.
|
Metallarning Xossalari. Metallar Korroziyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metallarning kimyoviy xossalari
Aim.uz Metallarning xossalari. Metallar korroziyasi. Reja:1. Metallarning kimyoviy xossalari. 2. Gal’vanik elementlar. 3. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. 4. Metallar korroziyasi. Korroziya turlari. Muammoli savollar: 1.Metallarning aktivlik qatori bilan kimyoviy elektr manbalari orasida qanday bog'liqlik bor? 2.Metallarning elektrod potensialiga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi? Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning atomlari elektronlarini osonlik bilan berib, musbat zaryadlangan ionga aylanadi. Tipik metallar kimyoviy reaksiyalarda elektronlarni oson berganligi uchun aktiv qaytaruvchilardir. Masalan, rux, temir, magniy, nikel kabi metallar kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda qaytaruvchi vizifasini bajaradi. Bu metallar xlorid va suyultirilgan sulfat kislota eritmalari bilan reaksiyaga kirishganda vodorod ajralib chiqadi: Mg H2SO4 MgSO4 H2 Bu reaksiyada Mg metali qaytaruvchi vazifasini bajaradi, o'zi oksidlanadi. Vodorod ioni H esa oksidlovchi rolini bajaradi va qaytariladi. Shu sababli bu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidir. Metallar bilan konsentrlangan kislotalar, masalan, nitrat va sulfat kislotalar reaksiyaga kirishganda, oksidlovchi rolini kislota qoldig'i bajaradi: Cu 4HNO3 Cu (NO3)2 2NO2 2H2O Metallarning tuzlaridan shu metallarni boshqa metallar siqib chiqarishi mumkin. Bu metallarning aktivligita bog'liq, masalan, qo'rg'oshinning biror tuzi eritmasiga bir bo'lak rux tashlansa rux eriy boshlaydi., eritmadan qo'rg'oshin ajralib chiqadi: Zn Pb(NO3)2 Zn(NO3)2 Pb Ushbu reaksiyada rux o'zining valent elektronlarini qo'rg'oshin ioniga beradi. Bunda, rux oksidlanadi, qo'rg'oshin esa qaytariladi. Yuqoridagi reaksiyalarda ta'sirlashuv jarayoni metallarning sirtida sodir bo'ladi. Rux metali bilan mis (II)- sulfat eritmasi orasida boradigan reaksiyani quyidagi sxemada ko'rsatilgan asbobda o'tkazilsa, asbobning galvanometrik reaksiya natijasida elektr toki hosil bo'lishini ko'rsatadi. CuSO4 Zn ZnSO4 Cu Cu2 Zn0 Zn2Cu0 Cu2 2e- Cu0 Zn0 - 2e- Zn2 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini bunday amalga oshirish natijasida kimyoviy rayeksiya energiyasi elektr energiyasiga aylanadi. Download 97.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling