Metallga ishlov beradigan asbob-uskunalarning tuzilishi va vazifasi
Download 1.04 Mb.
|
METALLGA ISHLOV BERADIGAN ASBOB-USKUNALARNING TUZILISHI VA VAZIFASI MAVZUSIGA DARS REJA TUZISH VA DARS ISHLANMASI TAYYORLASH
Qotishmaga qalay o’rniga qaysi elementdan qancha kiritish kerakligi qotishmadan kutilgan xossalarga bog’liq. Masalan, qotishma tarkibiga qo’rg’oshin kiritilganda, uning antifriksion xossalari va kesib ishlanuvchanligi yaxshnlansa, fosfor qo’shilganda kotishmaning quyilish va mexanik xossalari yaxshilanib, kam eyiladigan bo’lib qoladi. 6- jadvalda qalayli va qalaysiz bronzalarning mexanik xossalari va ishlatilish sohalari keltirilgan. Jadvalda qavslar ichidagi raqamlar metall qoliplarda olingan quymalarga taalluqli xossalar, qavslar ichiga olinmagan raqamlar esa gilli qum qoliplarda olingan quymalarga oid xossalardir. Bronza markalaridagi harflar shu bronza tarkibidagi elementlarni ko’rsatadi. Masalan, O — qalay, Sb —pyx, Pb—qo’rg’oshin, N — nikel, Al —alyuminiy, Ms—marganes, Fe— temir. Raqamlar elementlarga taalluqli bo’lib, ularning qotishmadagi o’rtacha miqdorini prosent hisobida ko’rsatadi, qolgani esa mis bo’ladi. Masalan, Br.OSbPbN-3-7-5-1markali„Br" bronza deyilgani bo’lib, bu erda qalay (O)—3%, rux (Sb) — 7%, qo’rg’oshin (Pb) — 5%, nikel (N) —1%, qolgani (84%) esa misdir. Latunlar.Mashinasozliksanoatida foydalaniladigan latunlarni ham ikki gruppaga: oddiy latunlargruppasi bilan mahsus latunlar gruppasiga bo’lish mumkin. Oddiy latunlar mis bilan rux qotishmasi bo’lib, ular quymalar olishda kam ishlatiladi, chunki ularning mexanik xossalari ancha past bo’ladi. Quymakorlikda quymalar olishda, asosan, mahsus latunlardan foydalaniladi. Mahsus latunlar olishda oddiy latunlarga qalay, alyuminiy, nikel, marganes, temir, qo’rg’oshin kabi boshqa elementlar ma’lum miqdorda qo’shiladi. Latunlarga qo’shiluvchi elementlarning turi va miqdori qotishmadan kutilgan xossalarga ko’ra belgilanadi.Shuniaytishkerakki, mahsus latunlarningxossalari – puxtaligi, qattiqligi kesib ishlanuvchanligiva quyilish xossalarioddiy latunnikidan birmuncha yuqoridir.7- jadvaldaquymalar olishda ishlatiladigan mahsus latunlarning markalari, mexanik xossalari va ba’zi ishlatilish soxalari keltirilgan.
Jadvalda qavslar ichidagi raqamlar metall qoliplarda olingan quymalarga, qavslar ichiga olinmagan raqamlar esa gilli qum qoliplarda olingan quymalarga taalluqlidir. Latunlarning markalanishi bronzalarning markalanishidan shu bilan farq qiladiki, latunlarda „Br" emas, balki „L" qo’yiladi, bu esa latun demakdir. Qotishmadagi misning o’rtacha miqdorini birinchi raqam ko`rsatsa, qolgan raqamlar navbatdagi elementlarning o’rtacha miqdorini bildiradi. Rux miqdori ko’rsatilmaydi, u hisoblab topiladi. Rangli metallarni qotishmalaridan mashinasozlik, samalyotsozlik, radiotexnika va elektrotexnika sanoatidahamda boshqa sohalardakeng ko`lamda foydalaniladi, ishlatish joyiga qarab har xil ranglimetall qotishmalarini olish mumkin. Rangli metallarga mis,alyuminiy, ruh, qalay, oltin, nikel va boshqalar kiradi. List metallar 0,5 dan 2 mm gacha qalinlikdagi yupqa metallardan iboratdir. Metall listlari oq va qopa bo’lib, buning sababi ularning sirtida yupqa qalay qoplami bo’lishi va bo’lmasligidir. Qopametall listidan texnik maqsadlarda foydalaniladi, yupqa oq metallar esa ko’proq uy-ro’zg’or buyumlari uchun ishlatiladi Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling