Alyuminiyni tozalash (rafinirlash). Qo‘shimchalar alyuminiyni mexanik, elektrolitik va qo‘yma xususiyatlarini yomonlashtiradi, shuningdek, uning korroziyaga bardoshligini pasaytiradi. Elektroliz vannasidan olingan alyuminiyni mexanik qo‘shimchalar va erigan gazlardan tozalash uchun qo‘yilishdan oldin u xlorlanadi. Xlor bilan ishlov berilgandan so‘ng alyuminiy yallig‘ qaytaruvchi elektr pechlariga qo‘yiladi. Bu jarayondan maqsad: a) metallni qushimcha metallmas qo‘shimchalardan uzoq vaqt tindirish yo‘li bilan tozalash; b) turli vannalardan olingan alyuminiyni aralashtirish yo‘li bilan o‘rtachalashtirish. Bu ishlov usullari va o‘rtachalashtirish bajarilgandan so‘ng, alyuminiy qo‘ymalarga qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |