Metallurgiya va kimyoviy- texnologiyalar


Download 73.82 Kb.
bet3/10
Sana31.01.2024
Hajmi73.82 Kb.
#1830719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Immom Buxoriy, at-Termiziy, Immom Maturudiy va Ahmad Yassaviylarni islom ilmini rivojlanishiga qo\'shgan hissasi.


Damashqda, az-Zohiriyya kutubxonasida Hakim at-Termiziyning ikki asari va besh risolasi qo’lyozmalari (tasavvuf turkumi, 104-raqami ostida); Misirdagi Iskandariya shahrida uch risolasi (Maktabat al-baladiyya, 3585-raqami ostida) saqlanmoqda. Allomaning Londonda saqlanayotgan asarlari roʻyxatida beshta risola koʻrsatilgan. Qohirada, "Dor al-kutub al-ilmiyya"da "Ilal al-u`budiyya" asarining qoʻlyozma nusxasi mavjud. "Kitob as-salot" asarining qisqartirilgan varianti boʻlgan bu risola koʻproq "Ilal ash-shariy`a" nomi bilan mashhur.


Bulardan tashqari, Leysig va Istambulda ham uning baʼzi asarlari qoʻlyozmalari mavjud. Xakim at-Termiziyning asosiy asarlaridan biri — "Xat-mulavliyo" haqida biroz toʻxtab oʻtish maqsadga muvofiq. Koʻp vaqtgacha bu asar bizgacha yetib kelmagan, deb hisoblangan. Baxtimizga bu taxmin notoʻgʻri boʻlib chiqdi. Parij ilmiy-tadqiqot markazining islom qadriyatlari boʻlimi aʼzosi Usmon Ismoil Yahyo 1965-yilda Bayrutda "Xatmul-avliyo" ni chop ettirdi. 586 sahifadan iborat bu ulkan nashrga Hakim at-Termiziyning bir necha risolasi, shu jumladan tarjimai holiga oid oʻttiz ikki sahifadan iborat "Bad`u sha`ni Abu Abdullox" asari ilova

5

qilingan. Uncha katta boʻlmagan ayni shu asarga asoslanib Hakim at-Termiziy hayoti xaqida haqikatga birmuncha yaqin maʼlumotlarga ega boʻlin-di. Unda allomaning hayoti, u dastavval padari buzurgvoridan taʼlim olgani, Kufa va Basraga sayohati, Makka ziyorati haqida yozilgan. Maʼlum boʻlishicha, alloma hadisi nabaviyyani aynan Kufada chuqur oʻrgangan ekan. Termizga qaytar ekan, yoʻl-yoʻlakay Qur`oni karimning maʼlum qismini yod olgan. "Xatmul-avliyo" mazmuni haqida gapiriladigan boʻlsa, 6u asarning asosiy mazmunini valoyatning haqligi, shuningdek uning nubuvvat va risolat bilan bogʻlik masalalari tashkil etishini qayd qilish darkor. Risola muqaddima hamda yigirma toʻqqiz bobdan iborat. Uning asosiy mazmuni muridning savollariga shayxning bergan javobi tarzida bayon etilgan.


Download 73.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling