Metallurgiya
Termodinamikaning II qonuni
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
1.2.1. Termodinamikaning II qonuni
Termodinamikaning birinchi qonuni tabiatdagi jarayonlarning yo‘nalishini aniqlab bermaydi. Masalan, rna’lum tezlik bilan harakatlanavotgan mashinaning kinetik energiyasi tormozlanish natijasida issiqlikka aylanadi va atrof-muhitga sochiladi. Mana shu sochilgan energiya o‘z-o‘zidan yig‘ilib, mashinaning kinetik energiyasiga aylanmaydi. Tajribalardan ma’lumki, issiqlik o‘z-o‘zidan hamma vaqt issiq jismdan sovuqroq jismga o‘tadi. Ammo teskari jarayon o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Mana shunday jarayonlar termodinamikaning birinchi qonuniga zid emas, chunki bunda issiqlik va ish o‘rtasida ma’lum bir munosabat bajariladi. Masalan, birdan- bir natijasi biror jismdan olingan issiqlikni unga ekvivalent bo‘lgan ishga aylanti- radigan jarayon termodinamika birinchi qonuniga zid emas. Yuqorida keltirilgan va boshqa ko‘p tajriba natijalariga asoslanib quyidagi xulosaga kelamiz, ya'ni abadiy ishlaydigan mashinaning ikkinchi turini vujudga keltirib bo‘lmaydi. Buni ko‘pincha termodinamikaning ikkinchi qonuni deb ham yuritiladi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni tabiatda bo‘layotgan jara- yonlarning o‘tish yo‘nalishini va tavsifini aniqlab beradi. Endi bir-biriga ekvivalent bo‘lgan termodinamikani ikkinchi qonunining har xil ta'riflarini keltiramiz: 1. Plank ta’rifi: «Birdan-bir natijasi issiqlikni ishga aylantiradigan davriy jarayonni amalga oshirib bo‘lmaydi». Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Faraz qilaylik, T 1 haroratda isitkich va mashinaning silindirida ishchi jism (gaz) berilgan bo‘lsin (1-rasm). Ishchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling