Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

 
 
 
26-rasm. Domna pechining ishlash sxemasi: 
1 – domna pechi; 2,2' – havo qizdirgich; 3 – compressor; 4 – mo‘ri; 5 – gaz trubasi, 
6,6' – to‘skichlar; 7 – sovuq havo trubasi; 8 – qizdirilgan havoni furmalarga uzatish 
trubasi; 9 – furmalar. 
Shu bilan birga koks (uglerod) havo tarkibidagi suv bug‘laridan vodorodni 
ham qaytaradi:
2H
2
O + C = CO

+2H
2
- Q. 
Agar yoqilg‘i sifatida qisman tabiiy gazdan ham foydalanilsa, tubandagi 
reaksiya bo‘yicha to‘la yonish jarayoni kechadi: 
CH
4
+ 2O
2
= CO
2
+ 2H
2
O +Q, 
Natijada pechda qaytaruvchi gazlar miqdori ortadi.


187 
Shixta materiallarning ajraluvchi gazlar ta'sirida qizib borishdan kimyoviy 
birikmalarning parchalanishi sodir bo‘ladi: Masalan, pechning 100 - 350ºC 
temperaturali zonasida kimyoviy birikmadagi suv yoqilg‘idagi uchuvchi moddalar 
ajralib chiqsa, undan yuqoriroq temperaturali zonasida shixtadagi karbonatlar 
parchalanadi: 
3FeCO
3

Fe
3
O
4
+ 2CO
2
+ CO - Q 
3MnCO
3
→ Mn
3
O
4
+ 2CO
2
+ CO - Q 
CaCO
3
→ CaO + CO
2
- Q vahokazo. 
Natijada shixta bo‘laklari g‘ovaklanadi va ba'zan yoriladi. Bu jarayon pechning 
koloshnik qismidan boshlanib shahtaning o‘rtalarida tugaydi. 
Temir oksidlaridan temirning qaytarilishi. Ma'lumki temir oksidlaridan 
temirning qaytarilishi uglerod (II) - oksid, uglerod va vodorod hisobiga sodir 
bo‘ladi. Domna pechlarida temirning uglerod (II) - oksid hisobiga temir 
oksidlaridan qaytarilishi taxminan 400ºC temperaturada boshlanib, 900 - 1000ºC 
temperaturada tugaydi. 
3Fe
2
O
3
+ CO = 2Fe
3
O
4
+ CO
2
+ Q 
Fe
3
O
4
+ CO = 3FeO + CO
2
- Q 
FeO + CO = Fe + CO
2
+ Q 
Temirning temir oksidlaridan CO hisobiga qaytarilish tezligi pech 
temperaturasiga, ruda tarkibiga, fizik holatiga, qaytaruvchi gazlarning miqdoriga 
bog‘lik. Shuni qayd etish kerakki, shahtaning pastki qismida (1000ºC zonasida) 
hali qaytarilmay qolgan temir (II) - oksid koks uglerodi va temir ruda 
g‘ovaklaridagi qorakuya ko‘rinishidagi qattiq uglerod hisobiga ham qaytariladi: 
FeO + C = Fe + CO - Q. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, Fe ning 60 - 50% uglerod (II) - oksidi hisobiga 
va 40 - 60% qattiq uglerod hisobiga (agar 0,2 - 1% shlakka o‘tishi hisobga 
olinmasa) to‘la qaytariladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling