188
3Fe + C = Fe
3
C
Uglerodga to‘yingan bu birikma 1150 - 1200ºC
temperaturada suyuqlanib
koks bo‘laklari orasidan o‘tib, o‘txonaga to‘plana boradi. Bu qotishma tarkibida
3,5 - 4% uglerod bo‘ladi.
Domna Fe
dan tashqari Si, Mn, S, P va boshqa elementlar ham qaytariladi,
masalan, Si va Mn yuqorirok temperaturada uglerod bilan quyidagi reaksiya
bo‘yicha qaytariladi:
MnO + C = Mn + CO - Q;
SiO
2
+ 2C = Si + 2CO - Q.
Shixta
tarkibidagi fosfor, asosan, kalsiyning fosforli tuzi - Ca
3
P
2
O
8
[(CaO)
3
P
2
O
5
] tarzida bo‘ladi. Bu tuzdan dastlab kremniy (IV)
oksidi yordamida fosfat
angidrid qaytariladi:
(CaO)
3
· P
2
O
5
+ 3SiO
2
= 3CaO · SiO
2
+ P
2
O
5
+ Q;
P
2
O
5
+ 5C = 2P + 5CO - Q.
Fosforning deyarli hammasi qotishmaga o‘tadi.
Ma'lumki oltingugurt koksda va rudada FeS
2
, FeS, CaSO
4
,
CaS birikmalar
tarzida bo‘ladi. Jarayon vaqtida S ning qariyb 10 - 60% SO
2
, H
2
S gazlari
ko‘rinishida pechdan chiqib ketadi. Bir qismi esa [FeS] tarzida metallda va shlakda
(CaS) bo‘ladi. Metallda erigan FeS ni shlakka o‘tkazish
uchun shlakda ohak
ko‘proq bo‘lishi kerak. Shundagina u oltingugurt (CaS) birikma tarzida bog‘laydi:
FeS + CaO + C = Fe + CaS + CO + Q.
Shunday qilib, cho‘yandagi FeS dan oltingugurtning bir qismi CaS tarzida shlakka
o‘tkaziladi. Bunda MgO va Mn hisobiga ham metall oltingugurtdan qisman
tozalanadi:
FeS + MgO = FeO + MgS
FeS + Mn = Fe + MnS
Do'stlaringiz bilan baham: