Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Domna shlaki. Shlakdan shlak shaxtasi, g‘isht, sement, shlak bloklari va 
boshqa materiallar olishda foydalaniladi. 
Domna gazi. Domnalardan ajralayotgan gazlarga domna gazi deyiladi. 
O‘rtacha 1 t cho‘yan olishda 3000 m
3
gacha domna gazi ajraladi. Bu gaz tarkibida 
26 - 32% CO, 2 – 4% H
2
, 0,2 – 0,4% CH
4
, 8 - 10% CO
2
va 56 - 63% N
2
,bo‘ladi. 
Domna gazining tarkibida ko‘pgina yonuvchi gazlar (CO, H
2
, CH
4
) ning 
borligi sababli tozalangach, ulardan havo qizdirgichlarda, bug‘ qozonlarida va 
boshqa joylarda yoqilgi sifatida keng foydalaniladi. 
Koloshnik changi. Domna gazlariga qo‘shilib chiqadigan shihta 
materiallarining changi koloshnik changi deyiladi. Bu chang tarkibida 40 - 50% 
gacha temir bo‘ladi. Domna gazlari maxsus gaz tozalash apparatlaridan o‘tkazilib, 
yig‘ilgan chang aglomerat tayyorlovchi mashinalarda aglomeratga aylantiriladi. 
Odatda, turli vaqtda eritilgan har xil tarkibli cho‘yanlar mikser deb ataluvchi 
katta hajmli 600 - 2500 t idishlarga quyiladi, unda ular o‘zaro aralashib, natijada 
cho‘yanning kimyoviy tarkibi tekislanadi, metalldagi oltingugurtning bir qismi esa 
shlakka o‘tadi. 
Qayta ishlanadigan cho‘yanlarning bir qismi mashinasozlik zavodlariga 
«chushka» deb ataluvchi quymalar (og‘irligi 45 - 50 kg) tarzida yuboriladi. 
Domna sehlari uzluksiz ishlovchi quyish mashinalari bilan jihozlangan bo‘ladi.


192 
 
27-rasm. Suyuq cho‘yandan quyma metallar olish jarayoni 
27-rasmda cho‘yan quyish mashinasining sxemasi keltirilgan. Kovshdan 
cho‘yan mashina transportyoriga o‘rnatilgan metall qolipga quyiladi. Bu qolipdagi 
metall transportyor lentaning o‘ng tomonga harakatlanishi davomida qota borib
uning ikkinchi uchastkasiga kelganda to‘la qotadi, quyma vagonga ortiladi. 
Metallni qolipga quyishdan avval uni qolipga tez sovishini va yopishib 
qolmasligini ta'minlash maqsadida qolip yuziga maxsus apparat yordamida ohak 
suvi purkab turiladi.
11-jadvalda koksda ishlovchi domna pechlaridan olingan cho‘yanlarning 
turlari va ularning kimyoviy tarkibi keltirilgan. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling