Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Faradey qonunlari. Elektroliz jarayonida elektrodlarda ajralib chiqgan
moddalarning miqdori bilan sarf bo‘lgan elektr toki miqdori orasidagi bog‘lanish 
M. Faradey qonunlarida o‘z aksini topgan.
Faradeyning 1-qonuni. Elektroliz davomida elektrodlarda ajralib chiqqan 
moddalar (yoki elektrod erishi natijasida hosil bo‘lgan modalar) massasi elektrolit 
eritmasi orqali o‘tgan elektr tokining miqdoriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
m = K·Q 
– ajralib chiqgan modda massasi;
Q – tok miqdori; 
K – elektr kimyoviy ekvivalent. 
Faradeyning 2-qonuni. Agar turli хil elektrolitlar eritmalari orqal bir хil 
miqdorda elektr toki o‘tkazilsa elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning 


57 
massa miqdori o‘sha moddalarning kimyoviy ekvivalentiga to‘g‘ri proporsional 
bo‘ladi.
Har qanday moddalarning ekvivalent miqdorini hosil qilish uchun bir хil 
miqdordagi elektr toki miqdorini sarf qilish kerak. Bu miqdor tokni Faradey soni 
(F) deb ataladi. Faradey soni F elektron zaryadning Avagadro soniga 
ko‘paytmasiga teng.
Kl
Kl
e
N
F
A
96485
10
6022
,
1
10
02
,
6
19
23








Har qanday moddaning bir ekvivalent miqdorini olish uchun eritma yoki 
suyuqlanma orqali 96485 Kl miqdorda elektr tokini o‘tkazish kerak.
Nazorat savollari: 
1. Elektrolit eritmalari deb qanday eritmalarga aytiladi? 
2. Elektroliz jarayonining asosiy mohiyati nimada?
3. Elektroliz jarayonida uchraydigan qonuniyatlarni qaysi olim birinchi 
bo‘lib kuzatgan?
2.4. GALVANIK ELEMENTLARNING TERMODINAMIKASI 
Oksidlanish potensiali haqida tushuncha. Har bir element yoki ionning 
oksidlovchilik va qaytaruvchilik xususiyatining miqdoriy tavsifnomasi sifatida 
oksidlanish potensiali qiymati xizmat qiladi. Oksidlanish potensiali (o.p.) 
tushunchasini quyidagi misol bilan tushunib olaylik.
Rux metali bo‘lakchasini (xohlagan biror metall bo‘lakchasi ham xuddi 
shunday xossaga ega) uning tuzi (ZnSO
4
) eritmasiga tushirilsa, rux elektrodi hosil 
bo‘ladi va elektrodda metallning sirti bilan eritma sirti chegarasida 
elektrokimyoviy reaksiya boradi. Bu reaksiya natijasida Zn – plastinkasi 
tarkibidagi rux atomlari ikkitadan elektron chiqarib oksidlana boshlaydi:
Zn
o
– 2e
-
→ Zn
2+
Elektronlar metall plastinkasida qoladi, eritmaga Zn
2+
ionlari o‘tadi. Natijada 
eritma bilan metal plastinka sirtida sirtida qo‘sh elektr (metal manfiy va eritma 
musbat) zaryadli qavat hosil bo‘ladi.


58 
Hosil bo‘lgan qo‘sh elektr qavatda zaryadlarni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga 
ko‘chishi ro‘y beradi.
Eritma bilan metal plastinkasi sirt chegaralarida zaryadning (yoki 
elektronlarning) bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chishi tufayli bajarilgan ish – 
shu metal (ion)ning oksidlanish potensiali deyiladi. Har qanday element (ion)ning 
oksidlanish potensiali E
oksid/qayt
holida belgilanadi va “volt – v”, “millivolt – mv” 
birliklarda o‘lchanadi.
Har bir elektrod potensialining qiymati elementning yoki eritmadagi ionning 
tabiatiga, miqdori (konsentratsiyasi) va haroratiga bog‘liq. Bu bog‘lanishni Nernst 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling