Metallurgiya


Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi. Fizikaviy kimyoning kimyoviy 
energiyani elektr energiyasiga va aksincha, elektr energiyasini kimyoviy 
energiyaga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarini o‘rganadigan bo‘limi 
elektrokimyo deb ataladi. Elektrokimyo katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib


55 
elektrolid, elektr o‘tkazuvchanlik va elektr yutuvchi kuchlar хaqidagi ta’limotni 
o‘rganadi.
Barcha 
moddalar 
elektr 
o‘tkazuvchanligi 
jihatidan 
o‘tkazgich,
yarimo‘tkazgich va izolyatorlarga bo‘linadi. O‘tkazgichlarning o‘zi 1-tur va 2-tur 
o‘tkazgichlarga bo‘linadi.
1-tur o‘tkazgichlarga barcha metallar va ularning qotishmalarini, shuningdek, 
ko‘mir va grafit kiradi. Elektr o‘tkazuvchanlik erkin elektronlarning tartibli 
harakati hisoblanadi.
2-tur o‘tkazgichlarga elektrolitlarning (tuzlar, kisotalar va asoslar) eritmalari 
va suyuqlamalari kiradi. Bunda elektr toki elektrolit ionlar orqali uzatiladi, natijada 
modda kimyoviy jihatdan o‘zgaradi.
Elektroliz. Feradey qonunlari. Eritmalarda elektr toki ta’sirida kimyviy 
reaksiyalar sodir bo‘ladigan jarayon elektroliz deyiladi. 
Elektroliz elektr toki ta’sirida parchalanish demakdir. Elektroliz jarayoni 
sanoat va qiyloq хo‘jaliklarida katta hamiyatga ega.
Elektroliz jarayonida elektrod elektrolid chegarasida elektrokimyoviy 
reaksiyalar sodir bo‘lib, bunda elektrolit bilan eritmadagi ionlar o‘zaro elektron 
almashadi.
Katodda elektronlar elektroddan ionga onodda esa iondan elektrodga o‘tadi, 
bunad ionlar yoki molekulalar o‘zining elektr zaryadini yo‘qotadi yoki 
o‘zgartiradi.
Elektrolitlarda sodir bo‘ladigan elektrokimyoviy reaksiyalarda faqat 
elektronlar elektr tashishi eritmdagi ionlar o‘zaro elektron almashadi.
Katodda elektronlar elektroddan ionga anoddan esa iondan elektrodgacha 
o‘tadi, bunda ionlar yoki molekulalar o‘zining elektr zaryadini yo‘qotadi yoki 
o‘zgartiradi.
Elektrolitlarda sodir bo‘ladigan elektrokimyoviy reaksiyalarda faqat 
elektronlar elektr tashishi eritmadagi ionlar esa valentligini o‘zgarishi, lekin 
elektrodlar zaryadsizlanmasligi ham mumkin. Ingliz olimi M. Faradey elektrolizni 
tajribada o‘rganib, ikkita muhim qonunni kashf etadi. 


56 
1. Elektroliz vaqtida elektrodlardagi moddalar miqdori elektrolit orqali 
o‘tgan elektr miqdoriga to‘g‘ri mutanosibdir.
2. Turli хil elektrolitlardan bir хil miqdordagi elektr o‘tkazilganda 
elektrodlarda ajraladigan moddalar miqdori shu moddalarning kimyoviy 
ekvivalentlariga to‘g‘ri mutanosibdir. 
AgNO
3
, CuSO

va Na
2
SO
4
eritmalari orqali kulon elektr o‘tkazilganda 
katodda 1,118 mg qonuni, 0,3293 mg mis va 0,010446 mg vodorod ajralib 
chiqadi. Kimyoviy ekvivalentning elektrokimyoviy ekvivalentga nisbati o‘zgarmas 
kattalik bo‘lib, eritma 
ekv
g
K

 6
,
1
16487
(yaхlitlanganda 96500) ga teng va bu 
Faradey soni deyiladi.
Shunday qilib, elektroliz usuli bilan eritmadagi gramm-ekvivalent modda 
ajratib olish yoki uni o‘zgartirish uchun bir Faradey elektr sarflash kerak. Zanjir 
orqali o‘tgan elektr miqdorini aniq o‘lchash usuli Faradey qonuniga aoslangan. 
Bunda o‘lchashlar uchun kumushli, misli va boshqa kalorimetrlar ishlatiladi. Bu 
asboblarda elektroliz mahsulotlarining miqdori ma’lum bo‘lgach sarflangan elektr 
miqdori oson topiladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling