Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘ng‘ir ko‘mir
- Tosh ko‘mir
Qattiq yoqilg‘ilar odatda tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy yoqilg‘ilarga o‘tin,
torf, qo‘ng‘ir, ko‘mir, tosh ko‘mir, antratsit va yonuvchi slanes kiradi, sun’iylariga esa - pista ko‘mir, koks, briketlar, ko‘mir kukunlari va changlari kiradi. Metallurgik pech-larda qattiq yoqilg‘i turlaridan asosan koks va ko‘mir kukunlar keng qo‘llaniladi, boshqalari esa cheklangan miqdorda ishlatiladi. O‘tin - daraxtsimon o‘simlik yoqilg‘isidir. Tabiatdagi daraxtlarning turi xilma-xil bo‘lishiga qaramay ularning organik massasi umuman bir xil bo‘lib, tarkibi taxminan 50% C, 43% O 2 va 6% H 2 lardan tashkil topgan. O‘tinning yonishidan qoladigan chiqindi kul 1-2 % ni tashkil etadi. O‘tinli yoqilg‘ilar asosan metallurgik pechlarni yangitdan ishga tushirish jarayonida, ya’ni yangi ko‘rilgan pechlarni, ta’mir qilin-gan pechlarni va ma’lum vaqtgacha to‘xtatilgan pechlarni ishlatishda qizitish uchun qo‘llaniladi. Torf ham tabiiy yoqilg‘ilar turkumiga kirib, foydali qazilma hisoblanadi. Torfning tarkibidagi uglerod moddasining kamligi, issiqlik energiyasining pastligi va ko‘p miqdorda mineral chiqindisi borligi sababli metallurgik pechlarda deyarli foydalanilmaydi. Torf asosan ikkilamchi yoqilg‘i olishda elektrostantsiya va kimyo sanoatida keng foydalaniladi. 119 Qo‘ng‘ir ko‘mir - torfga nisbatan ancha keyin paydo bo‘lgan o‘simlik yoqilg‘ilari turkumiga kirib, uning tarkibi yoshiga qarab o‘zgaradi va "yetilgan" hamda "yetilmagan" sinflarga bo‘linadi. Qo‘ng‘ir ko‘mir tarkibidagi namlikning yuqori bo‘lishi, chiqindi minerallarining ko‘pligi, hamda beradigan issiqlik energiyasining kam bo‘lganligi sababli metallurgik pechlarda cheklangan miqdorda foydalaniladi. Qo‘ng‘ir ko‘mir metallurgik pechlarda asosan generator yoqilg‘i gazini, ya’ni uni yoqib CO 2 gazini olish uchun va past haroratda ishlaydigan pechlarni isitish uchun ishlatiladi. Tosh ko‘mir - qo‘ng‘ir ko‘mirdan ancha farq qilib, tarkibidagi uglerodning miqdori 70-80 % gacha yetib, kislorodning miqdori esa 6-10% bo‘ladi. Toshko‘mir, zichligini yuqoriligi, havodagi namlikni tortib olish qobiliyatining pastligi va tarkibidagi uchuvchi elementlarning kamligi bilan qo‘ng‘ir ko‘mirdan farq qiladi. Toshko‘mir tarkibidagi elementlarning miqdoriga va energetik tasnifiga asosan bir necha sinflarga ajraladi, jumladan D - uzun alangali, G - gazli, J – moyli, K - koksli va h. k. Metallurgik pechlarda yoqilg‘i sifatida, D va G markali toshko‘mirlar chang holida ishlatiladi, K, J, OS markalari esa metallurgik koks olishda qo‘llaniladi. Antratsit - yoshi jihatdan qattiq yoqilg‘ilar orasida oxirgi o‘rinda bo‘lib, tarkibidagi uglerodning miqdori 84-94 % gacha va uchuvchi moddalar 3-7 % gacha bo‘lishi mumkin. Antratsit asosan rangli metallurgiyada shaxtali pechlarda koks o‘rnida ishlatiladi, shuningdek metallurgik pechlar uchun gaz holidagi yoqilg‘i olishda qo‘llaniladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling