Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Qattiq yoqilg‘ilar odatda tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy yoqilg‘ilarga o‘tin, 
torf, qo‘ng‘ir, ko‘mir, tosh ko‘mir, antratsit va yonuvchi slanes kiradi, sun’iylariga 
esa - pista ko‘mir, koks, briketlar, ko‘mir kukunlari va changlari kiradi. 
Metallurgik pech-larda qattiq yoqilg‘i turlaridan asosan koks va ko‘mir kukunlar 
keng qo‘llaniladi, boshqalari esa cheklangan miqdorda ishlatiladi. 
O‘tin - daraxtsimon o‘simlik yoqilg‘isidir. Tabiatdagi daraxtlarning turi 
xilma-xil bo‘lishiga qaramay ularning organik massasi umuman bir xil bo‘lib, 
tarkibi taxminan 50% C, 43% O
2
va 6% H
2
lardan tashkil topgan. O‘tinning 
yonishidan qoladigan chiqindi kul 1-2 % ni tashkil etadi. 
O‘tinli yoqilg‘ilar asosan metallurgik pechlarni yangitdan ishga tushirish 
jarayonida, ya’ni yangi ko‘rilgan pechlarni, ta’mir qilin-gan pechlarni va ma’lum 
vaqtgacha to‘xtatilgan pechlarni ishlatishda qizitish uchun qo‘llaniladi. 
Torf ham tabiiy yoqilg‘ilar turkumiga kirib, foydali qazilma hisoblanadi. 
Torfning tarkibidagi uglerod moddasining kamligi, issiqlik energiyasining pastligi 
va ko‘p miqdorda mineral chiqindisi borligi sababli metallurgik pechlarda deyarli 
foydalanilmaydi. Torf asosan ikkilamchi yoqilg‘i olishda elektrostantsiya va kimyo 
sanoatida keng foydalaniladi. 


119 
Qo‘ng‘ir ko‘mir - torfga nisbatan ancha keyin paydo bo‘lgan o‘simlik 
yoqilg‘ilari turkumiga kirib, uning tarkibi yoshiga qarab o‘zgaradi va "yetilgan" 
hamda "yetilmagan" sinflarga bo‘linadi. 
Qo‘ng‘ir ko‘mir tarkibidagi namlikning yuqori bo‘lishi, chiqindi 
minerallarining ko‘pligi, hamda beradigan issiqlik energiyasining kam bo‘lganligi 
sababli metallurgik pechlarda cheklangan miqdorda foydalaniladi. Qo‘ng‘ir ko‘mir 
metallurgik pechlarda asosan generator yoqilg‘i gazini, ya’ni uni yoqib CO

gazini 
olish uchun va past haroratda ishlaydigan pechlarni isitish uchun ishlatiladi. 
Tosh ko‘mir - qo‘ng‘ir ko‘mirdan ancha farq qilib, tarkibidagi uglerodning 
miqdori 70-80 % gacha yetib, kislorodning miqdori esa 6-10% bo‘ladi. 
Toshko‘mir, zichligini yuqoriligi, havodagi namlikni tortib olish qobiliyatining 
pastligi va tarkibidagi uchuvchi elementlarning kamligi bilan qo‘ng‘ir ko‘mirdan 
farq qiladi. Toshko‘mir tarkibidagi elementlarning miqdoriga va energetik tasnifiga 
asosan bir necha sinflarga ajraladi, jumladan D - uzun alangali, G - gazli, J – 
moyli, K - koksli va h. k. Metallurgik pechlarda yoqilg‘i sifatida, D va G markali 
toshko‘mirlar chang holida ishlatiladi, K, J, OS markalari esa metallurgik koks 
olishda qo‘llaniladi. 
Antratsit - yoshi jihatdan qattiq yoqilg‘ilar orasida oxirgi o‘rinda bo‘lib, 
tarkibidagi uglerodning miqdori 84-94 % gacha va uchuvchi moddalar 3-7 % 
gacha bo‘lishi mumkin. Antratsit asosan rangli metallurgiyada shaxtali pechlarda 
koks o‘rnida ishlatiladi, shuningdek metallurgik pechlar uchun gaz holidagi 
yoqilg‘i olishda qo‘llaniladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling