Metallurgiya


 Gaz holidagi yoqilg‘ilar


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

5.3.3. Gaz holidagi yoqilg‘ilar. 
Zamonaviy metallurgik pechlarning asosiy yoqilg‘ilaridan biri - gaz holidagi 
yoqilg‘ilar hisoblanadi. Ular o‘z navbatida tabiiy va sun’iy bo‘lib, birinchisiga Er 
ostidan olinayotgan tabiiy gaz, ikkinchisiga esa qattiq va suyuq yoqilg‘ilarni qayta 
ishlash natijasida olingan gazlar kiradi. 


122 
Gaz holidagi yoqilg‘ilarning boshqa turdagi yoqilg‘ilardan bir qator 
afzalliklari mavjud, ularga:
1. issiqlikni energiyasining yuqoriligi Q > 3000 kkal/m;
2. tarkibida chiqindi mineral va changlarni kamligi;
3. ularni yondirishda jarayon haroratini boshqarish mumkinligi;
4. uzoq masofalarga quvurlar yordamida uzatish mumkinligi;
5. past sifatli qattiq yoqilg‘ilarni qayta ishlab olish mumkinligi va h.k. 
Gaz holidagi yoqilg‘ilar metallurgiyada nafaqat yoqilg‘i sifatida balki metall 
ajratib olish jarayonida qaytaruvchi sifatida ham foydalaniladi. Quyida 
metallurgiyada qo‘llaniladigan gaz holidagi yoqilg‘i larni asosiylarini tasnifi bilan 
tanishib chiqamiz. 
Tabiiy gaz. Tabiiy gazlar Er bag‘rida paydo bo‘lib, asosini metan CH
4
tashkil etadi. U tabiatda:
1. haqiqiy gaz konlaridan (CH
4
- 93 % gacha)
2. neft konlarida (CH
4
- 54 % gacha) birgalikda uchraydi.
Tabiiy gaz quritish, kuydirish, eritish va tozalash pechlarida yoqilg‘i sifatida 
ishlatiladi. 
Koks gazi - toshko‘mirdan koks tayyorlashda olinadi. Koks gazining issiqlik 
energiyasi Q = 4000 kkal/m
3
bo‘lib, pechlar uchun sifatli yoqilg‘i hisoblanadi. 
Koks gazi qora metallurgiyada asosiy yoqilg‘i va metallni tozalashda qaytaruvchi 
sifatida foydalaniladi. 
Domna va koloshnik gazlari domna pechlari va rangli metallurgiya 
pechlarining ikkilamchi mahsuloti hisoblanadi. Bu gazlar asosan past haroratda 
ishlaydigan pechlarda, suv qaynatish qozonlarida va boshqa dastgohlarni isitish 
uchun ishlatiladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling