Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

 


124 
I. Kremniy oksidli 
a) issiqqa chidamli g‘ishtlar, dinasli bo‘lib tarkibida SiO
2
ning miqdori 90% 
dan kam bo‘lmasligi kerak. 
b) kvarsli shisha, SiO
2
ning miqdori 99 % dan oshmasligi kerak. 
II. Alyumosilikatli 
a) yarim kislotali, tarkibida 70-80% SiO
2
va A1
2
O
3
0-30% dan kam 
bo‘lmasligi kerak. 
b) shamotli, tarkibini 30% dan 45% gacha A1
2
O
3
tashkil qiladi. 
d) yuqori alyumosilikatli tarkibida A1
2
O
3
45% dan kam bo‘lmasligi kerak. 
III. Magnizitli 
a) tarkibida magniy oksidi - MgO ning miqdori 85% dan kam emas. 
b) tarkibidagi dolomitli CaO va MgO larining miqdori (molekulyar 
miqdorda) bir-biriga yaqin yoki MgO ortiqroq. 
d) foresterli, tarkibi MgO va SiO
2
lardan iborat bo‘lib, ularning molekulyar 
nisbati taxminan 1ga teng yoki MgO miqdori ortiqroq. 
e) shipinelli MgO·Al
2
O
3
va Cr
2
O
3
dan tashkil topgan. 
IV. Xromli 
a) tarkibida 30% oralig‘ida Cr
2
O
3
bo‘ladi. 
b) xrom-magnezitli-tarkibi 10-30% Sg
2
O
3
va 30-70% MgO dan iborat. 
V. Uglerodli 
a) grafitli, tarkibini 30-60% ni C tashkil qiladi. 
b) koksli, tarkibini 70-90% ni C dan tashkil qiladi. 
VI. Sirkoniyli 
a) sirkoniyli, ZrO
2
·SiO
2
mineralidan tayyorlanadi. 
b) sirkonli ZrO
2
dan tayyorlanadi. 
VII. Oksidli 
a) berilli oksididan tayyorlangan mahsulot. 
b) toriy oksididan tayyorlangan mahsulot. 
d) seziy oksididan tayyorlangan mahsulot. 
VIII. Karbitli va nitritli 


125 
a) korborundli, tarkibida 30% dan 90% gacha SiC
4
mavjud. 
b) nitriddan, karbid va baritdan tashkil topgan mahsulotlar. 
O‘tga chidamli materiallar issiqlikga chidamli xossasiga ko‘ra uchta guruhga 
ajratiladi. 
1. O‘tga chidamli - 158°C dan 177°C gacha, 
2. Yuqori haroratga chidamli 177°C dan 200°C gacha, 
3. O‘ta yuqori haroratga chidamli 200°C dan yuqori. 
O‘tga chidamli mahsulotlar termik ishlov berilishiga asosan 3 guruhga 
bo‘linadi: 
1. Kuydirilmaydigan;
2. Kuydiriladigan;
3. Erish haroratiga qadar qizdirib termik ishlov beriladigan. 
Metallurgik pechlar qurilishida asosan tabiiy xomashyolardan maxsus 
tayyorlangan o‘tga chidamli materiallar ishlatiladi. Ularni tayyorlashda tabiiy o‘tga 
chidamli materiallar qum, kvarsli qum SiO
2
, slanets temir xromati FeO∙Cr
2
O
3

asbest 3MgO·4SiO
2
·H
2
O kaolin A1
2
O
3
·3SiO
2
·2H
2
O va boshqa minerallardan 
foydalaniladi. Shuningdek bu materiallarga qayta ishlov bermagan holda ham 
pechlar kurilishida ishlatish mumkin. Masalan, asbest va slanets - issiqlik 
o‘tkazmaydigan materiallar sifatida qoplamalar orasini to‘ldirishda, kvarsli qum
kaolin va sement qorishmasidan pechlar g‘ishtlarini terishda, choklarini suvashda 
va mahsulot chiqadigan tuynuklarni yopishda foydalaniladi. 
O‘tga chidamli materiallarni tanlash, ulardan mahsulot tayyorlash va 
ishlatish mutaxassisdan yuqori bilim va mahorat talab qiladi, chunki yo‘l qo‘yilgan 
xatolar qurilgan metallurgik pechlarning mustahkamligini pasaytiribgina qolmay, 
hatto baxtsiz hodisalarga olib keladi. Shu sababli issiqlikka chidamli mahsulotlar 
tayyorlash qat’iy texnologik talablar asosida olib borilishi shart, bularga: 
1. 
Xomashyoni 
tayyorlash. 
Tabiiy 
xomashyoni 
saralash, 
unsur 
elementlardan tozalash maqsadida uni boyitish, kuydirish orqali uning tarkibidagi 
karbonatlarni, gidratlarni, organik birikmalarni parchalash va mustahkam birikma 
olish, uni maydalash, yanchish va yirikligi bo‘yicha saralashdan iborat. 


126 
2. Dastlabki aralashma - shixta tayyorlash, bu jarayonda tayyorlanayotgan 
mahsulot tarkibini tashkil etuvchi moddalar aniq miqdorda solinib, yaxshi 
aralashtiriladi, so‘ngra ma’lum miqdorda suv bilan namlanadi. 
4. Mahsulotni quritish, ya’ni uning mikroskopik namligini ma’lum haroratda 
parchalashdan iboratdir. 
5. Mahsulotni kuydirish. Bu jarayon g‘isht pishirish pechlarida yoki 
to‘g‘ridan - to‘g‘ri metallurgik pechlarning o‘zida amalga oshiriladi. 
6. Tayyor mahsulotning texnik nazorati - bu korxonaning maxsus bo‘limiga 
yuklatilgan bo‘lib, tayyorlangan issiqlikka chidamli mahsulotlarni sifatini tekshirib 
va saralab maxsus konteynerlarga joylanadi yoki ehtiyot choralarini inobatga olgan 
holda iste’molchiga jo‘natiladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling