Metallurgiya


Pechlarning asosiy qismlari


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Pechlarning asosiy qismlari. Metallurgiyada qo‘llaniladigan pechlarning 
asosiy element-laridan biri, uning asosi fundamentidir. Pechlarning fundamenti 
statik va dinamik kuchlarga bardosh beradigan bo‘lishi kerak. Statik kuchlarga 
pechlarning devorlari, ishchi va hamma metalldan tayyorlangan qismlar kiradi. 
Dinamik kuchlarda esa, pechlarga shixta material solganda, eritish jarayoni 
davomida hosil bo‘ladi-gan, tayyor mahsulot olinayotganda va pechlarning o‘zi 
harakat-lanayotganda hosil bo‘ladigan kuchlanishlar inobatga olinadi. 


129 
 
13-rasm. Metallurgik pechlarning fundamentlarining turlari 
Pechlar fundamentlari turli konstruktsiyada bo‘lib, ularning asosiylari: 
a) butun yuza bo‘ylab; 
b) tasma shaklida, ya’ni ensiz, uzun plitalar holida; 
d) alohida-alohida blok plitalar holida tayyorlanadi. 
Butun yuza bo‘yicha bajariladigan fundamentlar - asosan yallig‘ 
qaytaruvchi, marten va boshqa shu kabi pechlar uchun qo‘llaniladi, bunday pechlar 
tagining sovishi maqsadga muvofiq emas. 
Tasma shaklida va bloklar holida tayyorlangan fundamentlar esa aksincha 
tagi sovitiladigan pechlar (masalan, metall boyitma eritiladigan pechlar) da 
qo‘llaniladi. 
Pechlarning fundamentini tayyorlashda xarsangtoshlardan, beton, qurilish va 
o‘tga chidamli g‘ishtlar, hamda chiqindi shlaklardan foydalaniladi.
Eritish pechlarini qurishda uning atrofiga suv to‘planishiga nihoyatda ehtiyot 
bo‘lishi shart. Suv to‘planishi natijasida portlash, pechlarning yemirilishi va 
ishchilar jarohatlanishi mumkin. Shularning oldini olish maqsadida pechlar suv 
o‘tgan inshootlardan (suv quvuri, kanalizatsiya) yiroqda quriladi, shuningdek 
pechlar-ning atrofiga drenajlar quriladi. 
5.4.3. Pechlarning korpusi 
Pechlarning asosi futerovkadan, (o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan devori) 
tashqi mahkamlagichdan, xomashyo solinadigan va tayyor mahsulot olinadigan 
hamda gazlar harakatlanadigan yo‘ldan tashkil topgan. 


130 
Pech asosining mahkamlagichlari pechlarning turiga qarab, alohida-alohida 
metalldan tayyorlangan, metall belbog‘lar holida yoki pech asosini to‘la qoplagan 
metall qobig‘dan iborat bo‘ladi, (14 - rasm). 
Qoplamaga ishlatiladigan metall listlarning qalinligi 8mm dan 30 mm ga 
boradi. 
To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi pechlarning shipi yarim yoy shaklida 
quriladi, sabab pechdagi issiqlik nuri eritilayotgan mahsulot tomon yo‘naltirishdir. 
Shuning uchun pechlar shipini tayyorlash katta javobgarlikni talab qilib, yoyni 
qurishda unga tushadigan tayanch kuchi P quyidagi formula orqali hisoblanadi: 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling