Metallurgiya


Issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar. Tabiatda issiqlik o‘tkazmaydigan 
modda - havodir, uning issiqlik o‘tkazish koeffitsienti juda kam bo‘lib 0,02 
kkal/(m∙soat∙grad). Shuning uchun tabiatda va texnikada orasida havo bo‘lgan 
g‘ovak materiallar qo‘llaniladi. Metallurgik pechlar qurilishida issiqlik 
o‘tkazmaydigan yuqori g‘ovaklikka ega materiallar keng qo‘llaniladi. Texnikada 
ularni yengil o‘tga chidamli materiallar deb nomlanadi, ular ikki xil turda bo‘ladi, 
ya’ni tabiiy va sun’iy. 
Tabiiylariga - dolomit infuzor tuproq, tuproq va asbest kiradi. Birinchi 
ikkitasining tarkibini asosini, ya’ni 80-95% SiO
2
tashkil etadi. Ular yuqori 
g‘ovaklikga, kichik sig‘imga va kichik issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientga 0,05-
0,12 kkal/(m∙soat∙grad) ega. Dolomit amorf ko‘rinishdagi kremniy oksidi bo‘lib, 
g‘ovak tuproq strukturasiga ega. Infuzor tuproq dolomitdan strukturasi jihatidan 


128 
farq qiluvchi tog‘ jinsidir. Bu materiallar izolyatsiya g‘ishtlarini tayyorlashda, 
oraliqlarni to‘ldirishda va pechning tashqi - ishchi organi bo‘lmagan devorlarini 
suvashda qo‘llaniladi. Asbest - magniyning tabiiy suvli silikati bo‘lib, issiqlik 
o‘tkazish koeffisienti 0,13 kkal/(m∙s∙grad) shuningdek yuqori darajali o‘tga 
chidamli materialdir. U to‘ldiruvchi sifatida kukun holida, karton, paxta va arqon 
holida ishlatiladi.
Sun’iy issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar, ya’ni yengil, o‘tga chidamli 
materiallar shamotdan, oksidlardan va qisman dinasli materiallaridan tayyorlanadi. 
Bu tayyorlangan materiallarning g‘ovakligi 50-85% ni tashkil etadi, oddiy o‘tga 
chidamli materiallarniki esa 5-30% ni tashkil qiladi. Yengil, o‘tga chidamli 
materiallarning zichligi 0,27-1,3 kg/sm
2
bo‘lib, issiqlik o‘tkazish koeffitsienti 0,09-
0,7 kkal/(m. Soat. Grad.). Bu materiallar qo‘lla-nilishiga qarab ikki sinfga 
bo‘linadi, ya’ni ichki izolyatsiyada qo‘l-laniluvchi va tashqi izolyatsiyada 
qo‘llaniluvchi materiallar. 
Yengil, o‘tga chidamli materiallar pechlarning turli konstruksiyasida 
qo‘llaniladi, jumladan shamotlilari pechlarning kam mexanik kuch ta’sir qiluvchi, 
shlak ta’siriga uchramaydigan, harorati 1200-1350°C dan oshmaydigan joylarida 
qo‘llaniladi. Pechlar qurilishida issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar sifati 
shuningdek shlakli paxtalardan foydalaniladi. Shlakli paxtalar rangli va qora 
metallurgiyada chiqayotgan erib turgan shlakga havo purkash yo‘li bilan olinadi. 
Ulardan to‘ldiruvchi sifatida, yengil, o‘tga chidamli blok plitalar tayyorlashda 
qo‘llaniladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling