Qo’shimchalar asosidagi yengil betonlarning xossalarini tadqiq etish
Download 248.3 Kb. Pdf ko'rish
|
qo-shimchalar-asosidagi-yengil-betonlarning-xossalarini-tadqiq-etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Qo’shimchalar asosidagi yengil betonlarning xossalarini tadqiq etish Iskandar Qalandarov Sevara Iles qizi Sultanova Oydinxon Abduraxim qizi Valiyeva oydinvaliyeva9696@gmail.com Urganch davlat universiteti Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada qo’shimchalar asosida olingan oʻta yengil betonlarning qurilishda qo’llanilishi, fizik mexanik xossalari, tayyorlanish texnologiyasi, issiqlik izolaytsilovchi materiallar bilan taqqoslash kо‘rib chiqilgan. Kalit so’zlar: Issiqlik o’tkazuvchanlik, energiya samaradorlik, yengil beton, qishloq xo’jaligi chiqindilari, o’rtacha zichlik. Exploring the properties of admixture-based lightweight concrete Iskandar Qalandarov Sevara Iles daughter Sultanova Aydinkhon Abdurakhim qizi Valiyeva oydinvaliyeva9696@gmail.com Urgench State University Abstract: This article discusses the use of ultra-lightweight concrete in construction, physical and mechanical properties, preparation technology, comparison with thermal insulation materials. Keywords: Thermal conductivity, energy efficiency, lightweight concrete, agricultural additionaly, medium density. Zamonaviy bino va inshootlar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanish, amaldagi ananaviy qurilish materiallari o’rniga bugungi kunda dolzarb muammolardan biri bo’lib ulgurgan energiyani iqtisod qiluvchi qurilish ashyolaridan foydalanish talabi tobora ortib bormoqda. Yildan yilga yer aholisining progressiya ko’rinishida oshib borishi natijasida insonlarning uy-joylarga bo’lgan talabi ham jadal sur’atlarda oshib bormoqda. Dunyo bo’yicha qurilish sohasida yangi turdagi ekologik toza materiallardan foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni samarali qoʼllashning salmogʼi tobora ortib bormoqda. Rivojlangan "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 443 mamlakatlarda, jumladan АQSh, Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlarda yangi qurilish materiallarini yaratish va ularni ishlab chiqarish va bu orqali bino va inshootlarning jismoniy holatini yaxshilashda maʼlum yutuqlarga erishilgan boʼlib, bino va inshootlarni qurish, ularning mustahkamlik va ustuvorligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan yangi qurilish materiallari, jumladan qurilish industriyasining asosiy qismi sanalgan betonlarning yengil turini ishlab chiqarishda qo’shimchalarning mahalliy homashyo asosidagi tarkiblari va ularni ishlab chiqarishning energiyatejamkor texnologiyalarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ishlab chiqarish sanoati va jamoat binolarini qurilishida issiqlik va shovqindan ximoyalovchi materiallardan foydalanish konstruksiyalarning qalinligini, og’irligini hamda xom-ashyoni taqchil bo’lmagan resurslardan foydalangan holda va mahalliy xom-ashyolar asosida ishlab chiqish, va xom-ashyo sarfini kamayishiga olib keladi. Va bu xususiyatlardan tashqari bugungi kunda juda zarur hisoblangan jihat ya’ni qurilish tan narxini ham ma’lum bir miqdorgacha arzonlashishiga olib keladi. XX asrning 80-yillarida G‘arbiy yevro‘pada boshlangan energetik inqiroz qurilish sohasidagi muammolarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu esa o‘z navbatida dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida yirik masshtabli energiya tejamkorlik bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqazo qildi. MDH doirasida ham oxirgi 25 yil ichida yoqilg‘i-energetika resurslarini harajatlarini sezilarli qisqartirishga qaratilgan yirik tadbirlar amalga oshirildi. Shular jumlasidan qurilish sohasida TEZ-1 (qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, tashish va montaj qilishga taalluqli) va TEZ-2 (to‘suvchi konstruksiyalarga ko‘rsatiluvchi talablarni 2-3 barobar kuchaytirish, xonadonlarga o‘rnatiluvchi avtonom isitish tizimini va o‘lchash-rostlash uskunalarini takomillashtrishga qaratilgan) tadbirlari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. MDH mamlakatlarining qurilish industriyasi va uy-joy kommunal xo‘jaligida har yili juda katta miqdorda yoqilg‘i-energetika resurslari sarflanadi. Ulardan taxminan 73% i TEZ-1 ni qoplash uchun, qolganlari esa TEZ-2 ni qoplash uchun sarflanar ekan. Agar barcha harajatlarni MDH mamlakatlarida foydalaniluvchi binolarning umumiy maydoniga bo‘lsak, u holda bir yilda 1 m 2 maydondan foydalanish uchun 90 kg shartli yoqilg‘i sarflashga to‘g‘ri kelar ekan. Ushbu ko‘rsatkichni dunyoning eng ilg‘or mamlakatlaridan biri hisoblanuvchi Shvetsiya ko‘rsatkichi bilan taqqoslasak ularda ushbu ko‘rsatkich deyarli 3 barobar kam. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra ko‘p qavatli uy-joy binolarini isitish uchun Rossiyaning o‘rta mintaqalarida bir yilda 350 dan 600 kVtsoat/m 2 gacha issiqlik energiyasi sarflansa, Skandinaviya mamlakatlarida shunday uylarni isitish uchun atigi 135 - 150 kVtsoat/m 2 issiqlik energiyasi sarflanadi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 444 Energiya resurslarining bunday ortiqcha sarflanishi MDH mamlakatlarida uzoq vaqtlardan beri energiya tejamkorlik konsepsiyasining mavjud emasligi, binolar loyihalari, me’moriy-qurilish tizimlarining nomukammalligi, binolarning va energiya tarmoqlarining avariya holatda ekanligi bilan izohlanadi. Shuning uchun oxirgi yillarda MDH mamlakatlarida energiya tejamkorlik masalasini yechishga qaratilgan bir qator jiddiy direktiv va me’yoriy hujjatlar majmui qabul qilindi. Bunday me’yoriy hujjatlar qatoriga MDH mamlakatlari hududida 1995 yilda amalga kiritilgan “Qurilish teplotexnikasi” QMQ siga o‘zgartirishlarni kiritish mumkin. Uy-joy va jamoat binolarida TEZ-2 ekspluatatsion va konstruktorlik- texnologik harajatlarga taxminan bab-baravar taqsimlanadi. Ekspluatatsion harajatlar (100%) gazning yo‘qotlishi (30%), suvdan nooqilona foydalanish (18%), issiqlik tashuvchining yo‘qotishlaridan (42%) tashkil topadi. Bunda yo‘qotishlar energiyaning barcha turlari bo‘yicha sodir bo‘ladi. Devorlarga issiqlikdan himoyalash bo‘yicha talablarning keskin ortishi qurilish materiallari sanoatining katta qismi uchun tarkibiy o‘zgarishlar qilishga, yangi loyihalar, yangi qurilish texnologiyalarini ishlab chiqishga, ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilishga, ulardagi xodimlarni qayta tayyorlashga undaydi. Bu tadbirlarni qurilish hajmlarini bajarish sur’atlarini pasaytirmasdan amalga oshirish ancha vaqt va moddiy resurslar sarflashni talab qiladi. Issiqlik izolyasiya materiallari deb atrofdagi muhitga issiqlik yo’qotilishini kamaytirish maqsadida turar-joy va madaniy-maishiy binolarni, issiqlik agregatlari, texnologik uskunalarni, quvurlarni, sovutish va isitish xonalari va jihozlarini issiqlik va sovuqlik ta’siridan izolyasiyalashda ishlatiladi. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 0,175 W(m .0 C) dan yuqori bo’lmagan (25 0 C haroratda) qurilish materiallari issiqlik izolyasiya materiallari deyiladi. Bino va konstruksiyalarni issiqlik izolyasiyalash orqali katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. Bundan tashqari bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham mutanosib ravishda kamayadi. Qurilish tizimida 1 t samarali issiqlik izolyasiya materiallarini ishlatish 200 t atrofida shartli yoqilg’ini tejashi mumkin. Issiqlik va sovuqlik agregatlarini izolyasiyalash issiqlik va sovuqlikni yo’qotilishini 20-50% kamaytiradi. Binoning tashqi devorini issiqlik izolyasiya uchun 1 m 2 ga 0,64 m 3 pishiq g’isht yoki 0,32 m 3 keramzit betoni, 0,14 m 3 fibrolit, 0,1 m 3 mineral paxta plitalari va 0,04 m 3 poroplastlar talab etiladi. Issiqlik va sovuqdan izolyasiyalash, ayniqsa, quruq issiq iqlim sharoitli Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston xududida katta ahamiyatga egadir. Chunki, yozning jazirama kunlarida havo harorati 42-48 0 C atrofida, qishda esa - 20-30 0 C haroratgacha sovuq bo’lishi bino, konstruksiyalar va agregatlarni samarali va ishonchli issiqlik izolyasiya materiallari bilan izolyasiyalashni taqazo etadi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 445 Download 248.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling