Qo’shimchalar asosidagi yengil betonlarning xossalarini tadqiq etish
Download 248.3 Kb. Pdf ko'rish
|
qo-shimchalar-asosidagi-yengil-betonlarning-xossalarini-tadqiq-etish
1-diagramma
Issiqlik izolyasiya kompozitsion materiallarni ilmiy-tadqiqot etishda, ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishda A.I.Jilin, V.A.Kitaysev, K.E.Goryaynev, YU.P. Gorlov, A,P. Merkin va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Issiqlik izolyasiya materiallari asosiy xom ashyoning turi, strukturasi, tuzilishi, shakli va tashqi ko’rinishi, bog’lovchining mavjudligi, yonuvchanligi, o’rtacha zichligi va issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti bo’yicha klassifikatsiyalanadi. Asosiy xom ashyoning turiga nisbatan issiqlik izolyasiya materiallari quyidagicha klassifikatsiyalanadi: mineral xom ashyo (tog’ jinslari, shlak, kullar, shisha, asbest) asosida olinadigan noorganik materiallar; organik xom ashyo (yog’och chiqindilari, lignin, polimerlar va boshqalar) asosida olinadigan organik materiallar. Qo’shimchalar asosida olinadigan yengil betonlarga ishlab chiqarish usuliga qarab turli hil qo’shimchalarni qo’shish mumkin, bunday qo’shimchalar orasida eng keng tarqalgani organik qo’shimchalar hisoblanadi. Organik qo’shimchalar asosida yengil beton ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida turli yog’och, ayrim qishloq xo’jalik ekinlarining poyalari: bug’doy, g’o’za, kanop va boshqalar xizmat qilishi mumkin. Qishloq xo’jaligi va yog’och chiqindilari asosida olingan o’ta yengil betonlar ishlab chiqarishning chet el tajribalarini o’rganish jarayonida guvohi bo’lganimiz shuki Rossiya hududida joylashgan Krasnodar o'lkasidagi Kurganinsk kanop zavodida 1974 yildan buyon kanop o'zagi asosidagi yengil beton ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Chexoslavakiyada zig’ir va kanop qayta ishlash chiqindilaridan yondirishda yonuvchi qo’shimcha sifatida foydalanish bo’yicha tadqiqotlar olib borilyapti. NIIJB va Moskva o’rmonchilik instituti bilan birgalikda guruch po’chog’i asosidagi arbolitdan tayyorlangan bir qavatli konstruksiyalar ishlab chiqilgan. Xulosa qilib aytganda, an’anaviy qurilish materiallarini ilmiy asosda sifatli ishlab chiqarish, ularni yaratish texnologiyalarini zamon talablariga moslash, arzon, tejamkor, sifatli ashyolar va texnologiyalar ishlab chiqish, yangidan-yangi va puxta materiallar olish, ularning tejamkor texnologiyalarini yaratish, binolar va inshootlarni "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 446 ta’mirlash va rekonstruksiya qilish usullarini mukammallashtirish hamda bu jarayonda ashyolardan samarali foydalanish kabi vazifalar muhim masalalari safidan o‘rin egallaydi. Qurilishda yengil betonlarga bo’lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Bugungi kunda yengil betonlardan foydalanish tufayli turar-joylar uchun yuqori sanitar-gegienik va energiya tejovchi resurslardan foydalanish, energiya resurslarini iqtisod qilish va ekologik talablar hamda devor qurish ishlarida materiallarining issiqlik o’tkazuvchanlik bo’yicha ko’rsatkichlarini oshirib bormoqda. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatida ikkilamchi resurslardan foydalanish katta miqdorda energiya hamda xom ashyo zaxiralarini tejashga olib keladi. O’zbekiston Respublikasida qurilish materiallari va buyumlarini tayyorlashda qishloq xo’jaligi chiqindilari va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, quyidagi dolzarb vazifalarni yechishga yordam beradi. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning asosiy xom ashyo bazasini, ya’ni resurslarni tejaydi, tabiiy xom ashyo zaxirasi yetishmasligini bartaraf etadi, atrof- muhit tozaligi, ekolgik sistema masalalarini hal qiladi, yerlarni band bo’lishini kamaytiradi, energiya manbalarini tejaydi, sarf xarajatlarni keskin kamaytiradi. Issiqlik izalyatsiyalovchi yengil beton ishlab chiqarish va qo’llash an’anaviy qurilish materiallariga nisbatan qator afzaliklarga ega: binonnig massasini kamaytiradi, binoning qurilishidagi og’ir ishlar kamayadi, turar-joy binolarining termik qarshliklari yuqori bo’ladi. Download 248.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling