Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Yonuvchi slanets - qo‘ng‘ir ko‘mirlar sinfiga mansub bo‘lib, uning 
tarkibidagi chiqindi minerallarining miqdori 40-70 % va uglerodining miqdori 10-
30% bo‘ladi. Shu sababli metallurgik pechlarda yonuvchi slanetslardan suyuq va 
gazsimon mahsulot holida foydalaniladi. 
Pista ko‘mir - yog‘och mahsulotlarini juda kam havo bo‘lgan muhitda, 400-
500°C haroratda qizdirish orqali tayyorlanadi. Pista ko‘mir yuqori gigroskopik 
xususiyatga egadir. Uning tarkibida 10% gacha namlik bo‘lib, ochiq havoda 
saqlansa namligi 40% gacha ortadi. Pista ko‘mirning tarkibida oltingugurtni 


120 
yo‘qligi va chiqindi minerallarining kamligi sababli uni metallarni tozalashda 
qaytaruvchi, tiklovchi sifatida va erigan metalni quyishda qoliplarga muhofaza 
qatlam sifatida qo‘llaniladi. Pista ko‘mirni qora metallurgiyada domna pechlarida 
yoqilg‘i sifatida ishlatish mumkin. 
Koks - toshko‘mirni havosiz sharoitda 1000-1100°C haroratda quruq 
qizdirish orqali olinadi. Kimyo sanoatida koks tayyorlash jarayoni maxsus 
texnologiyada olib boriladi. Bu jarayon maxsus koks tayyorlash batareyalarida olib 
boriladi. Kokslash jarayoni natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi. Massaga 
nisbatan 15% hisobida 78% koks, 15% koks gazi, 3,5% toshko‘mir moyi, 0,3% 
ammiak, 07% xomaki benzol va 2,5% yog‘li suv. 
Kokslash jarayonida ajralib chiqqan gazning issiqlik sig‘imi
taxminan 4500 
kkal/m
3
ni tashkil etib, yuqori haroratda ishlaydigan metallurgik pechlarda, koks 
tayyorlash pechlarida yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Koks toshko‘mirga nisbatan mexanik mustahkam, issiqlik berish energiyasi 
(1=6600kg/kkal) va kalorimetrik harorati 700°C ga teng. Koksning bu 
ko‘rsatgichlari uni metallurgik pechlarda shaxtali, domna hamda metallurgik 
jarayonlarida qaytaruvchi sifatida keng foydalanishga asosiy omil bo‘ladi. 
Ko‘mir kukuni - toshko‘mir yoki qo‘ng‘ir ko‘mirni 0,05-0,07mm yiriklikda 
maydalab tayyorlanadi. Tayyor mahsulot tarkibida namlikning miqdori 0,5 % dan 
kam bo‘lmasligi shart. 
Metallurgik pechlarda yoqilg‘i sifatida qo‘llaniladigan ko‘mir kukunlarining 
o‘lchami quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
R = 6 + 0,5L 
bu yerda: R - ko‘mir kukunining yirikligi, mm
L - yoqilg‘i tarkibidagi uchuvchi moddaning miqdori, massasiga nisbatan 
hisobda. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling