Reja: Issiqlik istemolchilari tartibga solish, nazorat qilish
Download 0.65 Mb.
|
1 2
Bog'liq8.Hayotni ta\'minlash ob\'ektlaridan issiqlikning asosiy iste\'molchilari
Mavzu: Hayotni ta'minlash ob'ektlaridan issiqlikning asosiy iste'molchilari Reja: 1.Issiqlik istemolchilari tartibga solish, nazorat qilish 2. .Issiqlik istemolchilari 3. Hayotni ta'minlash ob'ektlaridan issiqlikning asosiy iste'molchilari Organik Yoqilg’i (kazib olinadigan ko’mir, torf, slanets,gaz va boshqalar) yokib elektr energiyasi ishlab chiqaradigan korxona Issiqlik elektr stansiyasi (TES) deyiladi. Yoqilg’i bug’qozonlarining o’txonalarida yoki ichki yonuv dvigatellarida yonganda uning ximiyaviy energiyasi Issiqlik energiyasiga aylanadi va birlamchi dvigatelning ish jismiga: (bug’ yoki gazga) uzatib beriladi. Ish jismi turbina parraklarida yoki dvigatelssilindrida kengayib, mexanikaviy ish bajaradi va uni elektr generatori valsha uzatadi, bu erda esa ushbu ish elektr energiyasiga aylanadi. Hozirgi vaqtda elektr stansiyalarining ko’pchiligi iste’molchini bir vaqtning o’zida elektr va Issiqlik energiyasi bilan taminlaydi. Ishlab bo’lgan bug’ (yoki gaz) issiqligidan foydalaniladigan, Issiqlik bilan elektr energiyasi birgalikda ishlab chiqariladigan bazaga asoslangan markazlashtirilgan Issiqlik taminoti teplofikatsiya deyiladi. Issiqlik bilan elektr energiyalari birgalikda ishlab chiqariladigan stansiyalar teploelektrotsentrallar (TES) deyiladi. Mamlakatimizdagi elektr stansiyalarning ko’pchiligi, shu jumladan, Issiqlik stansiyalari ham, birlashtirilgan energosistemalar tarkibiga kiradi. Turli xil elektr stansiyalarning (Issiqlik, gidravlik, atom elektr stansiyalari va boshqalarning) o’zaro elektr uzatish liniyalari bilan birlashtirilgan va markazlashtirilgan usulda umumiy boshqariladigan majmui energosistema deyiladi. Elektr energiya iste’molchilari. elektr energiyaning asosiy iste’molchisi sanoatdir. Elektr energiyasidan mashina, stanoklar va boshqa sanoat uskunalarini harakatga keltirish, shuningdek turli-tuman texnologik protsesslarni: suyuqlantirish, qizdirish va metallarni payvandlash, elektroliz protsesslari va boshqalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Transportda elektr-tortish qurilmalari ham elektr energiya iste’molchisi hisoblanadi. Elektr energiyasidan qishloq xo’jaligidagi ko’pchilik ishlarni mexanizatsiyalash va elektrlashtirishda ham keng foydalaniladi. Elektr energiyasining kattagina qismi ishlab chiqarish va turar joy binolarini, yo’llar, ko’chalarni yoritishga va madaniy-maishiy maqsadlar uchun sarflanadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling