Reja: Issiqlik istemolchilari tartibga solish, nazorat qilish


Download 0.65 Mb.
bet2/2
Sana11.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1765776
1   2
Bog'liq
8.Hayotni ta\'minlash ob\'ektlaridan issiqlikning asosiy iste\'molchilari

Issiqlik iste’molchilari. qanday maqsadda ishlatilishiga qarab Issiqlik tashuvchilar sifatida tegishli bosim va temperaturadagi bug’ hamda qaynoq suv ishlatiladi. Ishlab chiqarish agregatlari, masalan, bug’ bilan ishlaydigan tarmoklar, presslar, bug’ nasoslari, turbokompressorlar va boylerlar uchun Issiqlik tashuvchi sifatida 8—10 bar bosimli to’yingan yoki o’ta qizdirilgan bug’ ishlatiladi. Texnologik protsesslar uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish apparatlari va qurilmalarini isitish uchun Issiqlik tashuvchi sifatida 3—8 bar bosimli to’yingan yoki salgina o’taqizdirilgan bug’ va temperaturasi 150°S gacha, bosimi esategishlicha bo’lgan suv ishlatiladi. Isitish ventilyasiya va havoni kondensionerlash maqsadida, odatda, qaynoq suv, bazi hollarda esa bosimi 6 bar gacha bo’lgan bug’ ishlatiladi.
Issiqlik elektr stansiyalari to’rtta asosiy belgisiga: 1) birlamchi dvigatel turiga; 2) quvvatiga; 3) bug’ning boshlang’ich parametrlariga; 4) qanday maqsadda ishlatilishiga ko’ra klassifikatsiyalanadi. Birlamchi dvigatelning turiga ko’ra elektr stansiyalar quyidagilarga bo’linadi: a) bug’ turbinali elektrostansiyalari—bug’turbinali TES, ular mamlakatimizdagi va chet ellardagi elektr stansiyalarining asosiy turidir; b) gaz turbinali elektrostansiyalar — gaz turbinali TES; v) bug’-gaz ustanovkali elektr stansiyalar — gaz va bug’ turbinalardan birgalikda foydalaniladigan bug’-gaz TES; g) ichki yonuv dvigatelli elektr stansiyalari; dizelь yonilg’i juda qimmat bo’lganligidan bunday elektr stansiyalar keng tarqalmagan. Ichki yonuv dvigatellari neftli rayonlarda, tabiiy gaz qazib chiqariladigan rayonlarda yoki qattiq Yoqilg’i konlaridan uzoqdagi rayonlarda joylashgan kichikroq quvvatli elektr stansiyalarida ishlatiladi.
Elektr stansiyalari quvvatiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
a) agregatlari 25 Met gacha bo’lgan kichik quvvatli elektr stansiyalari;
b) agregatlari 50—100 Met, li o’rta quvvatli elektr stansiyalari;
v) agregatlari 150, 300, 800 Met li katta quvvatli elektr stansiyalari.
Bug’ning boshlanrich parametrlariga ko’ra elektr stansiyalari quyidagilarga bo’linadi:
a) past bosimli — 30 bar gacha;
b) o’rta bosimli— 30-50 bar;
v) yuqori bosimli—90—170 bar;
g) kritik bosimidan katta bosimli — 245 bar.
Lekin stansiyalarni quvvatiga va parametrlariga ko’ra klassifikatsiyalash hozircha shartlidir, chunki agregatlarning quvvati va bug’ning parametrlari yildan-yilga ortib bormoqda.
Elektr stansiyalar vazifasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
a) teplofikatsion elektr stansiyalari, bo’lar Issiqlik va elektr energiyasi beradi. Ular, odatda, sanoat korxonalari yaqinida yoki ularning territoriyasida, shaharlar va TES dan Issiqlik oladigan aholi yashaydigan punktlar yaqinida ko’riladi.

1-rasmda Yoqilg’i sifatida ko’mir kukuni ishlatiladigan bug’ turbinali elektr stansiyaning tipik texnologik sxemasi ko’rsatilgan.
Issiqlik energiyasi uzatiladigan masofani qisqartirish Issiqlik uzatmalar ko’rishga ketadigan xarajatlarni va Issiqlikni iste’molchilarga uzatishdagi umumiy isroflarni kamaytiradi. Issiqlik nagruzkalar (iste’molchi) kam bo’lganda TES ko’rish iqtisodiy jihatdan o’zini oklamaydi, chunki nisbatan kam quvvatlarda teplofikatsion dvigatellar ishlatish kapital xarajatlarni va ekspluatatsion sarflarni oshirib yuboradi;
b) kondensatsiyalik Issiqlik elektr stansiyalari—KES, bo’lar faqat elektr energiyasi beradi. Yirik sanoat rayonlarida, odatda, shu rayon yaqinida joylashgan TES ishlab chiqaradigan elektr energiyasidan ko’proq elektr energiya iste’mol qilinadi. Bu rayonlar qo’shimcha elektr energiyasini umumiy energetika sistemasidan oladi.
Umumiy energosistemaga elektr energiyasi beradigan asosiy manbalar kuchli KES lardir. Ular albatta Yoqilg’i qazib chiqariladigan joylar yaqiniga va quvvati shunga mos keladigan suv manbaining bevosita yaqiniga ko’riladi.
Issiqlik elektr stansiyasidagi asosiy texnologik protsesslarni — stansiyaga Yoqilg’i keltirishdan tortib to iste’molchiga elektr va Issiqlik energiyasi berishgacha bo’lgan barcha asosiy protsesslarni ko’rib chiqamiz.
Elektr stansiyalarining asosiy Issiqlik kuch uskunalari XIX—XXII boblarda ko’rib chiqilganligini eslatib o’tamiz.
Elektr stansiyaga vagonlar / da kelgan Yoqilg’i tarozida tortiladi va chuqurlar 2 ga to’kiladi, so’ngra ulardan transportyorlar vositasida ko’mir soladi 3 ga yoki avval maydalash ustanovkasi 4 dan o’tib, qozonxona bunkerlari 7 ga beriladi. Bunkerlar 7 dan maydalangan ko’mir tegirmon 6 ga beriladi va u erda kukun (chang)ga aylantiriladi. Tegirmonning ish kamerasidan muallaq holdagi ko’mir changgi zarralari aralashgan havo ventilyator 8 bilan gorelkalar orqali o’txona

Bug’-turbinali elektr stansiyaning texnologik sxemasi kamerasi R ning radiatsion qismiga yo’naltiriladi va ikkilamchi havo bilan aralashib yonadi. Yoqilg’ining to’liq Yonishi uchun zaruriy ikkilamchi havo kameraga ventilyator 14 yordamida havo qizdirgich 13 orqali beriladi.
YUqori temperaturali Yonish mahsulotlari o’z issiqligini dastlab o’txonaning radiatsion qismida joylashgan ekranlangan trubalar 10 ga beradi; shundan keyin konvektiv qismiga siljib, issiqligini shu qismda joylashgan isish sirtlariga—bug’izdirgich, suv ekonomayzeri /2 va havo qizdirgich /Z ga beradi.
Konvektiv qismidan Yonish mahsulotlari kul tutib qolish qurilmalari 15 orqali o’tadi va tutun tortgich 16 lar bilan tortilib, tutun trubasi 17 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Qozon trubalaridagi suv va bug’-suv aralashmasi Yonish mahsulotlarining issiqligini oladi va dastlab to’yingan, so’ngra esa o’ta qizigan bug’ga aylanadi. Berilgan parametrli bug’ bug’izdirgichdan bug’ trubalari orqali turbina 21 ga keladi va kengayib ish bajaradi. Turbinada hosil qilingan mexanikaviy energiya turbina validan elektrogenerator 22 valiga uzatiladi va elektr energiyasiga aylantiriladi.
Generatorda olingan elektr energiyasi ikki yo’nalishda tarqatiladi; uning birinchi asosiy qismi kuchli podstansiyaga keladi va asosiy taqsimlash qurilmasi 26 orqali tarmoqqa, tashqi iste’molchilarga ketadi, elektr energiyasining ikkilamchi, kichikroq qismi stansiyaning xususiy ehtiyojlarini qondirish uchun mahalliy taqsimlash qurilmasiga yo’naltiriladi. Iste’molchilarni Issiqlik bilan ta’minlash uchun turbinadan olinadigan bug’dan foydalaniladi. Uning bir qismi iste’molchiga bosim ostidagi bug’ holida yuboriladi, boshqa 1 qismi esa issiq almashtirgich 24 ga junatiladi, bu erda bug’ o’z issiqligini suvga beradi va kondensatlanadi. Kondensatorni sovituvchi suv bug’ning kondensatlanishi hisobiga isib, suyuq Issiqlik tashuvchi tarzida iste’molchiga yuboriladi, kondensatdan esa qozonlarni ta’minlash suvi sifatida foydalaniladi.
Ishlab bo’lgan to’yingan nam bug’ turbinadan kondensator 30 ga yo’naltiriladi. Kondensatorlarni sovitadigan suv kanal 29 dan nasoslar 28 yordamida beriladi. Kondensatordan kondensat nasoslar 81 yordamida past bosimli isitkichlar 20 orqali deaerator 18 ga beriladi. Deaeratorda kondensatda erigan havo ajraladi, ya’ni kondensat gazsizlanadi. So’ngra u dastlab yuqori bosimli isitkichlar 19 va suv ekonomayzeri 12 orqali o’tib, nasoslar 82 yordamida ta’minlash suvi sifatida qozon barabanlariga beriladi.
Kondensat va bug’ning isrof bo’lib kamaygani ximiyavny tozalangan suv bilan uzluksiz to’ldirib turilishi kerak. Suv tozalash apparatlari 25 ga suv nasoslar 27 yordamida beriladi, so’ngra deaeratorlarda gazsizlantiriladi va ta’minlash suvi sifatida qozon barabanlariga yo’naltiriladi. O’txona kamerasidagi shlak va kultutkichda tuplangan kul gidravlik- transport vositasida avval haydash ustanovkasi 5 . ga, so’ngra ag’darmaga uzatib beriladi.
Uskunalarni montaj va remont qilish uchun mashina zalida va qozonxonada elektr ko’prik kranlar 23 o’rnatilgan.
Uskunalarning tayyorlovchi zavodlarning katalog va spravochniklarida beriladigan ayrim turlariga tegishli raqamiy ma’lumotlar uskunaning xarakteristikasi deyiladi. Bular uskuna egallaydigan yuzaning kattaligi, uskunaning gabaritlari, og’irligi, quvvati, unumdorligi, bir minutdagi aylanishlar soni, ishlatiladigan Yoqilg’i turi va uning umumiy hamda solishtirma sarfi, bug’ turbinalari uchun bug’ning bosimi va temperaturasi; qozon agregatlari uchun esa bug’ unumdorligi, Yoqilg’i va suvning sarfidan iborat.
Issiqlikning asosiy iste'molchilari kontekstga qarab farq qilishi mumkin. Umuman olganda, issiqlikning asosiy iste'molchilariga isitish uchun mo'ljallangan turar-joy binolari, ishlab chiqarish va ishlab chiqarish uchun sanoat jarayonlari, avtomobil ichki qismini isitish uchun transport tizimlari kiradi. Bundan tashqari, issiqlik suvni isitish va xona ichidagi qulay haroratni saqlab turish uchun restoranlar, mehmonxonalar va shifoxonalar kabi turli tijorat muassasalarida ham iste'mol qilinadi. 1. Uy-joy sektori: uylar va binolar xonani isitish, suv isitish va ovqat pishirish uchun issiqlik iste'mol qiladi.
2. Sanoat sektori: Sanoat ishlab chiqarish, qayta ishlash va quritish kabi turli jarayonlar uchun issiqlikdan foydalanadi. U energiya ishlab chiqarishda ham qo'llaniladi.
3. Tijorat sektori: Ofislar, mehmonxonalar, restoranlar va shifoxonalar kabi tijorat muassasalari xonani isitish, suv isitish va boshqa operatsion ehtiyojlar uchun issiqlikka muhtoj.
4. Transport sektori: Issiqlik avtomobillarda ichki makonni isitish, oynalarni muzdan tushirish va turli maqsadlarda issiq suv bilan ta'minlash uchun sarflanadi.
Bular issiqlikning asosiy iste'molchilari, ammo issiqlik iste'mol qilinadigan boshqa tarmoqlar va maxsus ilovalar ham bo'lishi mumkin.
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling