Metallurgiya


 Suyuq holidagi yoqilg‘ilar


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

5.3.2. Suyuq holidagi yoqilg‘ilar. 
Neft - yagona tabiiy suyuq yoqilg‘i hisoblanadi. Sun’iy, suyuq 
yoqilg‘ilarning turlari esa xilma-xil bo‘lib, ularning asosiylari neftni qayta ishlash 
natijasida olingan benzin, kerosin, motor yoqilg‘isi, mazut; qattiq yoqilg‘ini qayta 


121 
ishlashdan olingan smola va mator yoqilg‘isi, kolloidli yoqilg‘ilar hamda sintetik 
suyuq yoqilg‘ilardir. 
Suyuq 
yoqilg‘ilarning 
qattiq 
yoqilg‘ilarga 
nisbatan 
afzalliklari 
quyidagilardan iboratdir, ya’ni yuqori issiqlik energiyasiga egaligi (
sh
H
Q
=8500-
1000 kkal/kg), chiqindini miqdorini pastligi (A
ish 
= 0:0,3%), alanga oldirishni 
soddaligi, po‘lat quvurlar orqali bir joydan ikkinchi joyga uzatilishi mumkinligi va 
h.k. 
Metallurgik pechlarni ishlashida suyuq yoqilg‘ilardan - mazut keng 
foydaniladi. Mazut neftni haydash natijasida olingan mahsulot bo‘lib, yuqori 
haroratda ishlaydigan kuydirish, eritish va metallarni tozalash pechlarida 
ishlatiladi. 
Mazutning sifati uning qovushqoqligi, undagi chiqindining miqdori va 
alangalanish harorati bilan belgilanadi. Mazutning qovushqoqlik darajasini shartli 
ravishda 80°C haroratda qabul qilinib, yuqori sifat ko‘rsatgichi 2,5:6,0 gacha, 
pastkisi esa 13:13,5 oralig‘ida. Mazut tarkibida chiqindining miqdori 0,1:0,63%, 
namligi 1:4% va solishtirma og‘irligi 0,91-0,99 g/sm
3
ga teng. Mazutning sifatiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi elementlardan oltingugurt va parafindir. Kam oltingugurt 
markali mazut tarkibida 0.05 - 0.5% gacha va oltingugurtli markasida esa 3 - 3, 5 
% dan oshmasligi kerak. 
Mazut moysimon modda bo‘lib, uzoq vaqt sifati buzilmay maxsus joylarda 
saqlanishi mumkin. Uning bu xususiyatidan foydalangan holda metallurgik 
zavodlarda pechlarni doimiy yoqilg‘i bilan ta’minlash maqsadida ishlatilayotgan 
boshqa turdagi yoqilg‘ilardan tabiiy gaz, ko‘mir, koks tashqari ma’lum miqdorda 
mazut yoqilg‘isi ham saqlanadi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling