Metallurgiya


Gidrоmеtаllurgiya mаhsulоtlаri


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Gidrоmеtаllurgiya mаhsulоtlаri. Gidrоmеtаllurgik jаrаyonlаrning аsоsiy 
mаhsulоti eritmа vа kеk hisоblаnаdi. 
Eritmаlаr dеb, tаrkibi erigаn modda va erituvchidan tashkil topgan bir jinsli 
sistemaga аytilаdi. Eritmаlаrning аsоsiy хususiyali ulаrning kоnsеntrаtsiyasi 
hisоblаnаdi. 
Kеk kukunsimоn qаttiq mаhsulоt hisоblаnаdi. Hоsil bo‘lish tаbiаtigа ko‘rа 
sаnоаt kеklаri ikki хil bo‘lаdi: 
1) eritilаyotgаn хоmаshyoning erimаy qоlgаn qismi; 


116 
2) erigаn mаhsulоtlаrni erkin holdа yoki erimаydigаn kimyoviy birikmаlаr 
ko‘rinishidа sеmеntаtsiya, kimyoviy cho‘ktirish (cho‘kmа) mаhsulоtlаri. 
Nazorat savollari: 
1. Diffuziya deganda nimani tushunasiz?
2. Gazsimon moddalarda qanday diffuzion harakatlanish kuzatiladi?
3. Qattiq moddalarda qanday diffuzion harakatlanish kuzatiladi?
5.3. METALLURGIK YOQILG‘ILAR VA ULARNING XILLARI
Yoqilg‘ilar haqida qisqacha ma’lumot. Metallurgik pechlarni issiqlik 
energiyasi bilan ta’minlashda asosiy manba yoqilg‘i hisoblanadi. Yoqilg‘i deb 
shunday moddaga aytiladiki, uni kislorodli muhitda qizdirilganda shiddat bilan 
oksidlanib (yonib) ma’lum miqdorda issiqlik chiqaradi. Bunday moddalarga 
elementar oltingugurt, sulfidli minerallarning oksidlanishi va uglerodi yuqori 
bo‘lgan birikmalar kiradi. 
Sanoatda uglerodli yoqilg‘ilar keng qo‘llaniladi, ular tabiiy va sun’iy bo‘lib, 
qattiq, suyuq va gaz holida mavjuddir. Ular jumlasiga ko‘mir, neft va tabiiy gaz 
kiradi. 
Tabiiy yoqilg‘ilar har doim ham metallurgik jarayonlar talablariga javob 
beravermaydi. Yoqilg‘ilarning sifatini yaxshilash maqsadida ularga maxsus ishlov 
beriladi. Ishlov berish jarayonlariga qattiq yoqilg‘ini boyitish, qattiq yoqilg‘ini gaz 
holidagi yoqilg‘iga keltirish, ko‘mirlarni kokslash, ko‘mir changlardan briketlar 
tayyorlash, neftni qayta ishlash, tabiiy gazni konversiyalash va boshqalar kiradi. 
Yoqilg‘ini xossalariga: kimyoviy tarkibi, qizdirishga munosabati, issiqlik 
darajasi va yoqilg‘i yonishining kalorimetrik harorati kabilar kiradi. 
Yoqilg‘ining
kimyoviy tarkibini uglerod, vodorod, azot, kislorod va 
oltingugurtdan tashqari suv W
va yonish natijasida hosil bo‘ladigan kul A, ya’ni 
turli mineral birikmalar tashkil yetadi. Yoqilg‘ini asosini uglerod tashkil etib, 
uning yonishi natijasida issiqlik ajraladi. 


117 
Yoqilg‘ida uglerod organik birikmalar holida bo‘lib, uning miqdori 85 - 90 
% gacha etadi. Kislorod bilan bog‘lanmagan ma’lum miqdordagi vodorod 
yonganida ham ma’lum miqdorda issiqlik ajraladi. 
Azot, kislorod bilan bog‘langan vodorod yoqilg‘i uchun unsur birikmalar 
bo‘lib, yoqilg‘ining energetik tasnifiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yoqilg‘ida 
oltingugurt uch xil birikma, ya’ni organik S
or
, sulfidni (oltingugurt kolchedani) S
k
va sulfat S
st
holida bo‘ladi. Organik va sulfidli oltingugurt yonganda ma’lum 
miqdorda issiqlik ajraladi, shunga qaramay ularning yoqilg‘i tarkibida oz miqdorda 
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Sababi ularning yonishi natijasida atmosfera havosini 
zaharlovchi SO
2
gazi hosil bo‘ladi. 
Yoqilg‘ining
tarkibidagi namlik uning sifatini pasaytiradi. Yoqilg‘i 
tarkibidagi namlik tashqi va ichki (yoki mikroskopik) namliklarga ajratiladi. 
Ularning birinchisini yoqilg‘ini - 40°C haroratda quritish bilan va ikkinchisini esa 
yoqilg‘ini 100°C haroratgacha qizdirish usuli bilan yo‘qotish mumkin. 
Qattiq yoqilg‘ilarning yonishi natijasida ma’lum miqdorda yonmaydigan 
chiqindilar ajraladi - u kul deb yuritiladi. Bu chiqindining tarkibini asosan metallar 
oksidlari, kremniy, alyuminiy, magniy, kaltsiy va boshqa elementlar tashkil etib, 
ular yoqilg‘ining sifatini pasaytiradi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling