Mahalliy xomashyolardan ftalotsianin pigment-bo‘yoqlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va tadqiq qilish
Sintez qilingan diamidofosfat asosidagi ftalotsianin pigmentlarining barchasida bo‘yoq tayyorlashda kichik bo‘yoq tayyorlovchi qurilma – laboratoriya biser tegirmoni yordamida tayyorlandi. Bo‘yoq mahsulotlariga qo‘yiladigan talab bu rang beruvchi pigmentning yaxshi aralashtirib gomogen sistemaga keltirishdir. Buning natijasida dispergirlash ya’ni pigment zarrachalarini keskin maydalab aglomeratlarni yoyilishiga erishish yoki nozik suspenziya olinishi ta’minlanadi. Bo‘yoq olinishida pigment va bo‘yoq xomashyolari o‘zaro maxsus temir idishda dispers pichoq yordamida yuqori tezlikda aralashtirilib qattiq moddalar bir xil suspenzion muhitga o‘tkaziladi.
Pigmentni maydalab bo‘yoq tayyorlovchi aralashtirgich
Diamidofosfat asosida olingan DAFCuPc, DAFNiPc, DAFCoPc, DAFFePc va DTAFCdPc pigmentlar bu qurilmada 2 soat davomida to‘liq aralashtirilib metal ustiga qoplandi (1-rasm).
1-rasm. Metall ustiga qoplangan diamidofosfat asosida olingan Pc pigmentlaridan qo‘shib tayyorlangan bo‘yoqlar namunalari
Azot va fosfor saqlovchi ftalotsianin pigmentlarini nashriyot-matbaa ishlari uchun bo‘yoqlar sifatida ishlatilishi. Matbaa ishlari uchun diamidofosfat asosida sintez qilingan ftalotsianin pigmentlari qo‘shib olingan bo‘yoqlar ishlab chiqarishda 1-jadvalda keltirilgan retsepturadan foydalaniladi.
№
|
Siyoh tarkibi
|
Massasi %
|
1
|
Mis ftalotsianin (manba / DAFCuPc)
|
3
|
2
|
Glitserin, k.t.
|
20
|
3
|
Ionogensiz sirt faol moddalar SFM (Triton X-114)
|
1
|
4
|
Distillangan suv
|
76
|
Do'stlaringiz bilan baham: |