Mahalliy xomashyolardan ftalotsianin pigment-bo‘yoqlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va tadqiq qilish


-Rasm. Kontrol CuPc va sintez qilingan DAFCuPc pigmentlari va lateks asosida olingan suvli emulsiya bo‘yoqlarini yog‘och yuzasiga qoplangan tasviri


Download 1.03 Mb.
bet4/4
Sana17.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1208738
1   2   3   4
Bog'liq
Pigment boʻyoq

3-Rasm. Kontrol CuPc va sintez qilingan DAFCuPc pigmentlari va lateks asosida olingan suvli emulsiya bo‘yoqlarini yog‘och yuzasiga qoplangan tasviri
Azot va fosfor saqlovchi ftalotsianin pigmentlarini paxta matolarni bo‘yashda ishlatilishi. Namuna uchun olingan paxta matoni pigment yordamida bo‘yash usulida oldin matoni xitozan bilan (sirt aktiv xususiyatini oshirish maqsadida) ishlov berilib, so‘ngra mato kontrol uchun olingan CuPc va sintez qilingan DAFCuPc yordamida matoga rang berildi.
Paxta matosidan tayyorlangan namunani bo‘yashga tayyorlash uchun 2 mas.% xitozan va sirka kislota eritmasi (1 mas.%, pH ~ 4) birgalikda 50 °С harotatda 30 minut davomida eritmada aralashtirilib, namuna qo‘shimchalardan tozalangandan so‘ng 80 °С (5 daqiqa) va yana 150°С (5 daqiqa) davomida qayta quritildi. Quritilgandan so‘ng, xitozanni to‘liq tozalash uchun 10 daqiqa davomida 50°С distillangan suvda yuvib tozalandi va xona xaroratida to‘liq quriguncha qoldirildi.
Tayyor namunani bo‘yash uchun pigment suspenziyasi va paxta matodan 1:30 nisbatda kontrol uchun olingan CuPc va sintez qilingan DAFCuPc pigmentlari bilan bo‘yash jarayonlari amalga oshirildi (bo‘yalgan mato massasining 4% to‘g‘ri keladi). Pigment suspenziyasi ultra tovush yordamida (UZDN-A, 1 min, 22 kGts, 130 Vt) da olindi.
Bo‘yash uchun tayyorlangan paxta namunasi (~ 2 g) xona haroratida CuPc suspenziyasiga botirilib 60 °C haroratda 1 soat ushlab turildi, shundan so‘ng rang qovushqoq suvli eritmada (kraxmal, 2 g/l) 15 minut davomida havoda so‘ngra 80 °C dan 150 °S gacha 3 daqiqa davomida qizdirildi.
Tajriba jarayonida kontrol uchun olingan CuPc va sintez qilingan DAFCuPc pigment(xitozan bilan tozalangan)lari bilan bo‘yash jarayonlari amalga oshirildi bo‘yashda sirt faol moddalar SFM dan foydalanildi, bo‘yash natijalari ko‘ra tarkibida fosfor elementi borligi uchun sintez qilingan DAFCuPc pigment o‘zining issiq suvda yuvilganda ham rangini saqlab qolish qobiliyatlarini quyida keltirilgan 4-rasmda namoyon etdi.
4-Rasm. Xitozan bilan ishlov berilgan va bo‘yalgan paxta mato namunalari: a) kontrol uchun olingan CuPc, b) sintez qilingan DAFCuPc 1 - bo‘yashdan keyin, 2 - sovuq suvda yuvulgandan keyin, 3 - issiq suvda yuvulgandan keyin, 4 – SFM qo‘shib issiq suvda yuvulgandan keyingi ko‘rinishi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling