1-jadval
Nashriyot-matbaa ishlari uchun bo‘yoq tarkibi
Komponent yetkazib beruvchilar: glitserin (k.t.) – “Ekos-1” OAJ; Triton X-114 (99%) – Fisher Chemicals.
CuPc namunasi glitserin va sirt faol moddalar (SFM) eritmasiga qo‘shilgandan so‘ng, biser tegirmonida xona haroratida 2 soat davomida komponentlar (2000 min-1, dsh=3 mm) gomogen xolatga kelgunicha aralashtirildi.
CuPc / DAFCuPc bo‘yoq namunalarda 4 ta aralashma olindi
- SFM qo‘shilgan CuPc
- SFM qo‘shilgan DAFCuPc
- SFM qo‘shilmagan CuPc
- SFM qo‘shilmagan DAFCuPc
Olingan 4 ta CuPc / DAFCuPc pigment namunasining ranglar orasidagi sedimentatsiyasi, shuningdek, qog‘ozni cho‘tka bilan bo‘yash imkoniyatlarini baholadik.
Standart retsept bo‘yicha olingan suvli bo‘yoqlarining barqarorligini tahlil qilishda ularning sedimentatsiya barqarorligi o‘zgartirilgan pigmentda, shu jumladan kompozitsiyada SFM lar mavjud bo‘lmaganda (2-rasm) sezilarli darajada oshganligi aniqlandi. Sintez qilingan DAFCuPc va kontrol uchun olingan CuPc pigmentlari asosida tayyorlangan bo‘yoqning namunalari tayyorlanishi bilan 30 kun muddatga qoldirilib, so‘ngra kuzatuvlar olib borildi, olingan tasvirlarda sintez qilingan DAFCuPc pigmenti asosidagi bo‘yoq tarkibida fosfor borligi hisobiga yorqinlikni namoyon etgan. Kontrol uchun olingan CuPc faqat SFM lar mavjudligida barqaror suspenziya hosil qiladi, lekin bu holatda ham to‘liq gomogen sistemaga o‘tmaganligini ko‘rsatdi.
2-Rasm. Nashriyot-matbaa uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar va qog‘ozga yozilgan yozuvlar tayyorlangandan so‘ng 30 kun qoldirilib olingan tasvirlari:
a) SFM qo‘shilgan CuPc pigment; b) SFM qo‘shilgan DAFCuPc pigment; v) SFM qo‘shilmagan CuPc pigment; g) SFM qo‘shilmagan DAFCuPc pigment
Azot va fosfor saqlovchi ftalotsianin pigmentlarini matbaa ishlari uchun bo‘yoqlar tayyorlash yuqorida keltirilgan texnologiya bo‘yicha laboratoriya usulida tayyorlandi.
Azot va fosfor saqlovchi ftalotsianin pigmentlari asosida suvli dispersion bo‘yoqlarning olinishi. Suvli dispersion bo‘yoq namunasini olishda ishlov berilmagan CuPc yoki DAFCuPc retsepti bo‘yicha etilakrilat va metilakrilat asosidagi qoplama xosil qiluvchi modda ishtirokida suvli-dipersion bo’yoq olindi. U 2-jadvalda keltirilgan tarkib bo‘yicha tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |