Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Nazorat savollari: 
1. Qanday yoqilg‘i turlarini bilasiz?
2. Qattiq yoqilg‘ilarning suyuq yoqilg‘ilardan qanday afzalligi bor?
3. Tabiiy gazning tarkibi qanday moddalar?


123 
5.4. O‘TGA CHIDAMLI MATERIALLAR, ULARNING XILLARI 
VA ISHLATILISHI
5.4.1. O‘tga chidamli materiallar haqida qisqacha ma’lumot. 
Zamonaviy metallurgik pechlar qurilishida ko‘p miqdorda turli materiallar 
qo‘llash talab qilinadi, ulardan asosiylari: issiqlikka va o‘tga chidamli materiallar, 
metallar, metall qotishmalar va oddiy qurilish materiallari. Issiqlikka va o‘tga 
chidamli materiallar pechlarning ishchi qismlarini, ya’ni yuqori haroratli jarayonlar 
boradigan ishchi bo‘limlarni yig‘ishda ishlatiladi. Metall va metall qotishmalari 
pechning tashqi qoplamalarini, mahkamlash ustunlarida, harakatlanuvchi 
qismlarda, sovitish sistemalarida qo‘llaniladi. Oddiy qurilish materiallari - g‘isht, 
sement, qum, xarsangtosh va shag‘allar asosan pechlarning fundamentini tay-
yorlashda, texnologik gazlar harakatlanuvchi qismlarni yig‘ishda foydalaniladi. 
O‘tga chidamli materiallar deb - uzoq vaqt davomida 1000°C dan yuqori 
bo‘lgan haroratga bardosh berib, o‘zining mexanik mustahkamligini va shaklini 
saqlab turuvchi materiallarga aytiladi. O‘tga chidamli materiallar quyidagi 
talablarni qanoatlantirishi shart, ya’ni: 
1. O‘tga chidamliligi - 1580°C dan kam bo‘lmasligi. 
2. 1000 °C dan yuqori haroratda ham yetarli darajada texnik 
mustahkamlikga ega bo‘lishi. 
3. Jarayon harorati o‘zgarishiga chidamliligi. 
4. Metallurgik jarayonlar borishi davomida kimyoviy mustah-kamligi. 
5. Qizdirish natijasida o‘zining shaklini va hajmini saqlab qoli-shi. 
6. Fizikaviy xususiyatlari - issiqlik o‘tkazuvchanlik, g‘ovaklik, solishtirma 
kattaliklari va hokazolarga javob berishi. 
7. Ko‘plab ishlab chiqarishda tannarxining arzonligi.
Metallurgik pechlar qurilishida qo‘llanilayotgan o‘tga chidamli materiallar 
oksidli yoki uglerodli birikmalardan tayyorlanadi. 
Ular o‘zining tarkibiga ko‘ra 20 ta guruhdan iborat 8 ta sinfga bo‘linadi: 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling