Metallurgiyada gidrometallurgik jarayonlarning o’rni Oddiy tanlab eritish termodinamikasi


Download 0.86 Mb.
bet1/6
Sana23.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1226006
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Gidrоmetallurgiya jarayonlari Reja Kirish Asosiy qism


Reja:
Kirish

  1. Asosiy qism

    1. Metallurgiyada gidrometallurgik jarayonlarning o’rni

    2. Oddiy tanlab eritish termodinamikasi

    3. Tanlab eritish tezligi va unga ta’sir qiluvchi оmillar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Metallurgik ishlab chiqarishning asosiy yakuniy vazifasi, metallarni toza metall yoki kimyoviy birikma ko‘rinishda, qayta ishlanayotgan xomashyodan olishdir. Amaliyotida bu vazifa xomashyo tarkibidagi qimmatbaho moddani bo‘sh porodadan, mahsus jarayon va usullarni qo‘llab, ajratib olish yo‘li bilan echiladi.
Mahsus jarayonlar va usullar metallurgik ajarayonlar deb nomlanadi.
Murakkab polimetallik xomashyodan yuqori tozalikdagi metallarni olish uchun bitta metallurgik jarayon yoki bitta metallurgik dastgohni qo‘llash etarli emas.
Bu vazifani echish uchun, ketma-ket bir nechta jarayonlarni qo‘llab, qayta ishlanadigan xomashyodan komponentlarni bosqichma-bosqich bir – biridan, ajratib olish talab etiladi.
Barcha qo‘llanildigan metallurgik jarayonlarning kompleksi (tayyorlovchi, yordamchi va asosiy jarayonlar) uchastka, bo‘lim, sex yoki umumiy korxonaning
texnologik sxemasini shakillantiradi. Masalan, rangli metallurgiyaning barcha korxonalari ko‘p bosqichli texnologik sxemalar bilan tavsiflanadi.
Metallurgik jarayonlarning asosida, qayta ishlanayotgan xomashyoni bir-biridan tarkibi va fizikaviy xossalari bo‘yicha farqlanadigan, ikki, uch ayrim holatlarda undan ko‘p fazalardan tashkil topgan, geterogen sistemaga o‘tqazish yotadi. Hosil bo‘lgan fazalardan bittasi, ajratib olinadigan qimmatbaho modda (metall) bilan boytilishi va unsur elementlar bo‘yicha qambag‘allashishi lozim, qolgan fazalar esa aksi qimmatbaho modda bo‘yicha kambag‘allashishadi. Hosil bo‘ladigan fazalarning fizikaviy hossalarini (agregat holati, zichligi, o‘zaro namlanuvchanligi, uchuvchanligi va h.) farqi, komponentlarni bir-biridan soda usullar bilan (tindirish, filtrlash va h.) ajratib olishni ta’minlashi kerak.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling