Металлургияи Узбекистон


Download 265 Kb.
bet1/6
Sana04.01.2023
Hajmi265 Kb.
#1078652
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
K20.3 TURGUNOVA AZIZA word


O'zbekistonda metallurgiya. Cho'yan va po'lat ishlab chiqarish.

DARS
ISHLANMA
Mavzu: «O’zbekistonda metallurgiya.
Cho’yan va po’lat ishlab chiqarish»



TAYYORLADI: Turg’unova Azizaxon
TEKSHIRDI: Shirinova Dilshoda
Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya.


Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga O’zbekistondagi metallurgiya sanoati, temirning qayta ishlangan mahsulotlari – cho’yan va po’latning ishlab chiqarish usullari, metallurgiya sohasidagi tadqiqotlar va yangi texnologiyalar, cho’yan va po’lat ishlab chiqarishda atrof-muhit muhofazasi muammolari hamda ularning yechimlari to’g’risida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda ekologik va estetik madaniyatni shakllantirish, Vatanga nisbatan mehr-muhabbatni paydo qilish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda mavzuga oid bilim, ko’nikma va malaka elementlarini, darslik kitobdan va qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalana olish qobiliyatini rivojlantirish.
Ko’rgazmali qurollar:

  1. Kimyo darslik kitobi 9-sinf.

  2. Kimyoviy elementlar davriy jadvali.

  3. Mavzuga oid rasmlar va chizmalar.

  4. Test savollari, krossvordlar va tarqatma varaqalar (kartochkalar).

  5. Temir, cho’yan va po’lat namunalari.

Darsning shiori: Tabiat – bu insoniyatning bebaho mulkidir.
Dars qoidalari:

  1. Qo’l ko’tarib javob berish.

  2. Faol ishtirok etish.

  3. Jim turib tinglash.

  4. O’zaro hurmatda bo’lish.

  5. Boshqa guruhdagilarga xalal bermaslik.

Darsdan olinadigan natijalar:

  1. Yangi ma’lumotlar.

  2. Faollik.

  3. Ijodkorlik.

  4. O’zaro hamkorlik.

  5. O’zaro hurmat va ehtirom.

Vaqt taqsimoti:

  1. Darsning tashkiliy qismi – 3 daqiqa

  2. O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash – 15 daqiqa

  3. Yangi mavzuni tushuntirish – 20 daqiqa

  4. Yangi mavzuni mustahkamlash – 5 daqiqa

  5. Uyga vazifa berish – 2 daqiqa


Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling